8-sinf adabiyoti darsligi bo`yicha savol-javoblar


J: “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud –


Download 44.16 Kb.
bet7/7
Sana02.01.2022
Hajmi44.16 Kb.
#186384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-SINF ADABIYOTIDAN SAVOL-JAVOB-Erkaboyeva

J: “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past…” fardi
MUSTAQIL O`QISH UCHUN BERILGAN RUBOIYLAR

1. Eldin qochib, ulki, tutsa tog‘ ichra qaror,

Sovug‘da yeri bu tog‘ning javfida g‘or.

Issig‘da makoni andakim, yotmish qor,

Olam elining shahlig‘idin bor anga or.

2. Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,

Har va’daki, aylasa, vafodur anga shart.

Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,

Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.

3. Kim ko‘rdi ekin jahonda oyo xushluq,

To bir kishi aylagay tamanno xushluq?

Yuz yilcha agar bir о‘Isa paydo xushluq,

Omodadur yonida yuz noxushluq.

4. O‘lsam, yasamang munda mazorimni mening,

Yuklab, eliting jismi figorimni mening.

O‘tru chiqarib ahli diyorimni mening,

Ko‘yida qo‘yung tani nizorimni mening.
MUSTAQIL O`QISH UCHUN BERILGAN TUYUQLAR
1. Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay,

Otki, o‘trusig‘a oning ko‘z tutay.

Necha ko‘rgach o‘zga mahvashlar qoshin,

Yangi Oy ko‘rgan kishidek ko‘z tutay.

2. Charx tortib xanjari hijron bu tun,

Qo‘ymadi bir zarra bag‘rimni butun.

Tunga borib bizni behol ayladi,

Ne balolig‘ yer emish, yo Rab, bu tun?

3. Ul pari ishqida bu devonani,

Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko‘r.

Bir qadah ul gulni xandon ayladi,

Ey ko‘ngul, nazzora qil, gulxanda ko‘r.

4. Naqsh tushmish ko‘zda ul yoshim mening,

Uylakim, bormas buyon yoshim mening.

Komim o‘lmoqdur habibimdin yiroq,

Gar xud o‘lsun Xizrcha yoshim mening.
MUSTAQIL O`QISH UCHUN BERILGAN FARDLAR
1. Ulki, Haq borinda maqsud istagay har zotdin,

Mehr borinda yorug‘lug‘ ko‘z tutar zarrotdin.

2. Tama etma, ko‘p bo`lsa el moli,

Ko‘rmayin Haq xazinasin xoli.

3. Takalluf erur tang‘a farsudaliq,

Aning tarkidur jong‘a osudaliq.

4. Muruvvat – borcha bermakdur, yemak yo‘q,

Futuvvat – borcha qilmoqdur, demak yo‘q.

5. El ichra, ey hasud, seni qildi Haq zalil,

Kim nohaq elga zidsen-u Haq molig‘a baxil.

6. Xoliq o‘lg‘on saxiydin elga bo`ldi baxshoyish,
Ham ehsonidin oroyish, ham axloqidin osoyish.
7. Yolg‘on demakda tajriba avvalg‘i subh bas,

Yolg‘on nafas chu urdi, qorardi hamul nafas.

8-SINF ADABIYOTI DARSLIGI BO`YICHA SAVOL-JAVOBLAR
Ustoz Nargiza Erkaboyeva tomonidan tuzilgan. Siz mazkur kitobni to`lig`icha
sotib olmoqchi bo`lsangiz, telegram orqali @xolida27 ga murojaat qiling.
Kitobning umumiy hajmi: 73 bet. Elektron shakli erkaboyeva.uz saytida sotuvga
qo`yilgan. Elektron shaklining narxi: 6 ming
Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling