8-sinf adabiyoti darsligi bo`yicha savol-javoblar


Download 44.16 Kb.
bet6/7
Sana02.01.2022
Hajmi44.16 Kb.
#186384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-SINF ADABIYOTIDAN SAVOL-JAVOB-Erkaboyeva

NAVOIY FARDLARI
1. Arabcha so‘z bo`lib, eski o‘zbek tilida «уаkkа», «tanho», “yolg‘iz”, «boshi ochiq», «sheriksiz», «yagona», «benazir», «bir kishi», «ajralib turadigan» degan ma’nolarda qo‘llanadi. Ushbu ta’rif qaysi janr haqida? J: Fard

2. Garchi eski tilimizda bu atama g‘azalning alohida ajra­lib turadigan, eng ta’sirchan bir bayti, ya’ni «shohbayt» ma’nosida ham ishlatilgan bo‘lsa-da, hozir bu so‘z o‘zbek mumtoz she’riyatidagi faqat bir baytdangina iborat alo­hida, mustaqil lirik janrni ifodalaydi. Ta’rif qaysi janr haqida? J: Fard

3. Xalqimiz orasida uchraydigan qaysi ismlar bu so`zning ham «уаkkа», «tanho», “yolg‘iz”, «boshi ochiq», «sheriksiz», «yagona», «benazir», «bir kishi», «ajralib turadigan» degan ma’nosidan kelib chiqib qo‘yiladi? J: Farid, Farida

4. Navoiy alohida mustaqil asar sifatida bitilgan barcha fardlarini bir yerga jamlab, qaysi devon tarkibiga kiritgan? J: “Favoyid ul-kibar”

5. «Favoyid ul-kibar» devonidagi fardlarning umumiy soni qancha? J: 86 ta

6. «Belu og‘zidin, – dedilarkim, – degil afsonae»,

Boshladim filholkim: «Bir bor edi, bir yo‘q edi...» Ushbu she’r janrini toping. J: fard

7. Fardga xos xususiyatlarni toping. J: 1. Fard ixcham hayotiy xulosalar uchun eng qulay janr hisoblanadi. 2. Fardlarda Navoiy fikr-mulohazasi, ko‘rgan- kechirganidan chiqargan xulosasining mag‘zini aytib qo‘ya qoladi. 3. Fardlar xalq maqoli yoki hikmatli so‘z (aforizm) kabi jaranglaydi, kuchli ta’sirchanlikka ega bo‘ladi, o‘quvchilar tarafidan tez yod olinadi. 4. Bu janrning ko‘p namunalarida pand-nasihat xususiyati ustunlik qiladi. 5. Fardlar, xuddi g‘azalning matlasi kabi, a-a tarzida juft qofiyaga ega bo‘ladi. 6. Fardlar xuddi g‘azalning qolgan baytlari kabi, ikki misra o‘zaro qofiyalanmagan shaklda kelishi ham mumkin.



8. Navoiyning qaysi fardi «(Axir), ko‘mirga qo‘l tekkizgan (kishi) qo‘lini qora qiladi(-da)» degan xalqona ohang bilan tugaydi? J: “Yuqar yomonlig` angakim, kirar yamon el aro…” fardi

9. Yuqar yamonlig` angakim, kirar yamon el aro,

Ko‘mur aro ilik urg‘an qilur ilkini qaro. Ushbu she’r janrini aniqlang. J: Fard

10. Navoiyning qaysi fardining mazmuni «Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi», – degan mashhur maqolga hamohang? J: “Yuqar yomonlig` angakim, kirar yamon el aro…” fardi

11. Ulki, sanga eldin erur aybgo‘,

Elga dog‘i sendin o‘lur aybjo‘. Ushbu she’r janrini aniqlang. J: Fard

12. Ulki, sanga eldin erur aybgo‘,

Elga dog‘i sendin o‘lur aybjo‘. Ushbu she’rda qo`llangan “aybgo`” so`zining ma’nosini toping. J: «ayb aytuvchi»

13. Ulki, sanga eldin erur aybgo‘,

Elga dog‘i sendin o‘lur aybjo‘. Ushbu she’rda qo`llangan “aybjo`” so`zining ma’nosini toping. J: «ayb qidiruvchi», «ayb topuvchi»

14. Ulki, sanga eldin erur aybgo‘,

Elga dog‘i sendin o‘lur aybjo‘.

Ushbu farddan qanday xulosa chiqadi? J: birovlarning aybini aytib kelgan g‘iybatchilarning gapini eshitmaslik, ularga quloq solmaslik

15. Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past,

Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast.

Ushbu she’r janri qaysi javobda berilgan? J: Fard

16. Navoiyning qaysi fardidan ikkita arabiy, uchta forsiy so`zlardan boshqa kalimalarning hammasi sof turkiy? J: “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past…” fardi

17. Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past,

Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast.

Ushbu fardda qo`llangan arabiy so`zlarni toping. J: Sabr, hol

18. Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past,

Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast.

Ushbu fardda qo`llangan forsiy so`zlarni toping. J: Xud, past, shikast

19. Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past,

Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast.

Ushbu fardda qo`llangan “xud” so`zi qanday ma’noni ifodalashga xizmat qilgan? J: Ham

20. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan?


Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling