8-sinf huquq qulay qo’llanma


Download 118.42 Kb.
bet5/26
Sana22.01.2023
Hajmi118.42 Kb.
#1109064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
8-SINF HUQUQ QOLLANMA

Hikmatlar xazinasidan!
Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o‘xshaydi. Bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir. (Amir Temur}



Prezident


Ijro etuvchi

Sud hokimiyati




Qonun chiqaruvchi

Oliy Majlis
-Senat { yuqori }
-qonunchilik {quyi }

Vazirlar Mahkamasi,vazirliklar, qo’mitalar,hokimliklar




Konstitutsiyaviy sud,Oliy Sud,sudlar.




***Konstitutsiyamizning yana bir demokratik jihati, jamiyat va davlat hayo tining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umum iy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.




O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 106- modda




*** O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi... Vazirlar Mahkamasi o‘z fa oliy atida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekis ton Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir ... 98- moddadan


12-mavzu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

Prezident – so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi “oldinda o‘tiruvchi” demakdir.


*** O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti O‘zbеkiston Rеspublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, tеng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz bеrish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.
*** Prеzidеntni saylash tartibi O‘zbеkiston Rеspublikasining qonuni bilan bеlgilanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti davlat hokimiyati organlarining kеlishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
*** Prеzidеnt O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lgan shaxslarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
*** o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak
*** davlat tilini yaxshi bilishi zarur
*** saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan bo‘lishi kerak
*** O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi zarur



*** Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman». 92- modda


*** Prеzidеntning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi. O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan rеspublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari: - fuqarolar huquq va erkinliklari ta’minlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining kafilidir; - mamlakat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi; - O‘zbekiston Respublikasi nomidan mamlakat ichkarisida va xalqaro miqyosda muzokaralar yuritadi, shartnoma va kelishuvlar imzolaydi hamda ularning bajarilishini ta’minlaydi;
- Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim qiladi, Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlaydi; - Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini lavozimga qo‘yadi va lavozimdan bo‘shatadi; - Oliy Majlis Senatiga Konstitutsion, Oliy sudlar raislari, ularning o‘rinbosarlari, Markaziy bank raisi nomzodlarini taqdim qiladi; - O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqarish masalalarini hal qiladi; - Davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan mukofotlaydi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan bir qator muhim vakolatlarni amalga oshiradi. Vakolati tugashi munosabati bilan istе’foga chiqqan Prеzidеnt umrbod Sеnat a’zosi lavozimini egallaydi.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi.
U Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini vazifasiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, harbiy unvonlar beradi.
Prezident zarur paytlarda butun mamlakat bo‘yicha yoki ayrim hududlarda favqulodda vaziyat yoki urush holatini joriy qilish huquqiga ham ega. Bunda uch kun muhlat ichida bunday yechim Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim qilinadi.
Qonunchilik palatasi yoki Sеnat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz bеrganda yohud ular bir nеcha marta O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Sеnati tarqatib yuborilishi mumkin.

Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 91- modda.



Hikmatlar xazinasidan!
Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurgan binolarga boqing. (Amir Temur)


13-mavzu . O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organ
*** Davlat va jamiyat boshqaruvi saylov orqali demokratik asosda tashkil topadi, xalqning saylov yo‘li bilan vakillik organlari tuzib, ularga o‘z vakillarini saylash, saylanadigan organlar faoliyatining yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatida fuqarolik jamiyatining asl mazmun-mohiyati mujassamdir.
*** O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi – davlat hokimiyatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
*** Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Oliy Majlisni ikki palatali tarzda - Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat qilib tashkil toptirishdan ko‘zlangan asos iy maqsadlar quyidagilardir:
Oliy Majlis faoliyati jarayonida manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish; – qonun ijodkorligining sifatini ta’minlash; – umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish


Download 118.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling