8-sinf huquq qulay qo’llanma
Download 118.42 Kb.
|
8-SINF HUQUQ QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83- modda 14-mavzu O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari.
- 98- moddadan.
- . (Sitseron Mark Tulliy)
- 15-mavzu O’zbekiston Respublikasida sud tizimi
*** Oliy Majlis ishini tashkiliy shakli - bu sessiyadir. Oliy Majlis sessiyasining asosini uning majlislari tashkil qiladi. Sessiya majlislari oralig‘ida Oliy Majlis qo‘mitalari, komissiyalari va boshqa organlari majlislari o‘tkaziladi. Oliy Majlis sessiyasi bir yilda ikki martadan kam bo‘lmagan tarzda chaqiriladi.
*** Oliy Majlis quyidagi ishlarni amalga oshiradi: - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini tasdiqlash; - Konstitutsion, Oliy sudlarni saylash; - Markaziy bank raisini saylash; - O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‘rib chiqish va qabul qilish; - O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini va davlatning boshqa strategik dasturlarini qabul qilish. Qonunlar Oliy Majlisga qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan taqdim qilinadi. Shundan so‘ng Oliy Majlis bu qonunlarni ko‘rib chiqadi, tuzatishlar kiritadi va qabul qiladi.
14-mavzu O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari. *** O‘zbekiston Respublikasining hukumati boshchiligida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimi amal qiladi. Mazkur tizimga: 1) Vazirlar Mahkamasi; 2) vazirliklar; 3) davlat qo‘mitalari; 5) boshqaruv funksiyasini amalga oshiruvchi agentliklar, konsern va uyushmalar; 6) viloyat, tuman va shahar hokimliklari kiradi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi Bosh vazir taqdim etgan nomzodlar ichidan tanlab olinadi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining taqdimiga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga quyidagi mansabdor shaxslar kiradi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri; Bosh vazir o‘rinbosarlari; vazirlar; davlat qo‘mitalarining raislari; Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi hukumatining boshlig‘i . Vazirlar Mahkamasi bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga oladi, ya’ni iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi yana quyidagi vazifalarni bajaradi: ♦ Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; ♦ Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; ♦ yagona moliya, pul-kredit siyosati yuritilishini ta’minlaydi; ♦ madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi; ♦ mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi; ♦ qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xusu siy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Prezident – hukumat majlislarida raislik qilish huquqiga ega.
Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirish: – ularning boshqarish borasidagi vakolatlarini qisqartirish; – ularning tartibga solish borasidagi vakolatlarini qisqartirish; – ularning taqsimlash borasidagi vakolatlarini qisqartirish; – ularning xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirish. Davlat boshqaruvida vertikal boshqaruv organlarining vakolatlarini qisqartirish hisobiga gorizontal boshqaruv organlarining vakolatlarini kengaytirish davlat boshqaruvi sohasida markazlashtirishni cheklashga imkoniyat yaratadi. Bunda boshqaruv borasidagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan mahalliy (viloyat, tuman, shahar) miqyosiga o‘tkaz ishning ahamiyati katta bo‘ldi. Ayniqsa, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimi faqatgina O‘zbekistonda amal qilgan o‘ziga xos yangilik bo‘lib davlat boshqaruvi fani va amaliyotiga kirdi. 15-mavzu O’zbekiston Respublikasida sud tizimi
Download 118.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling