8-sinf huquq qulay qo’llanma


Download 118.42 Kb.
bet15/26
Sana22.01.2023
Hajmi118.42 Kb.
#1109064
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
8-SINF HUQUQ QOLLANMA

Huquqbuzarlik – o‘z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan shaxsning huquqqa zid xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir.


Huquqbuzarlikning quyidagi belgilari mavjud: ijtimioiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazoga loyiqlik. Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzar jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, inson hayotiga suiqasd qiladi, davlat va boshqa insonlarga zarar keltiradi, ularning mol-mulkini nobud qiladi hamda noxush hodisalar keltirib chiqarib, jamiyat a’zolari manfaatiga zarar keltiradi. O‘z oilasi, ota-onasi, jamoasi, yor-u birodarlarini qiyin, uyatli ahvolga solib qo‘yadi. Eng yomoni u o‘z kelajagini barbod qiladi.
Huquqqa zidlik — huquqbuzarning qonun yoki huquq normalari belgilab qo‘ygan majburiy talablarini buzishidir. Ayblilik yuqorida ta’kidlanganidek, o‘z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan insonning huquqqa zid, qonun talablariga qarshi xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir. Ayblilik qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘ladi. Inson inson sifatida dunyoga kelgan ekan, uning oldida doimo ikki yo‘l – huquqiy normalarga, qonun talablariga vijdonan yoki majburiy bo‘ysungan holda o‘z kelajagini yaratish, jamiyat uchun, o‘z xalqi uchun ijtimoiy foyda keltirish. Ikkinchi yo‘l esa hayoti davomida huquqqa xilof, huquqiy norma va qonun talablarini mensimasdan, bo‘ysunmasdan yashash. Aybli harakat qilish, jamiyatga zarar yetkazishdir.
Jazoga loyiqlik — bu har qanday huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi, jazo esa huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, huquqbuzarni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov chorasidir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, jamiyat uchun xavfli bo‘lgan har qanday qilmish huquqbuzarlik deyiladi. Huquq normalari barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquqbuzarlik odatda 4 guruhga bo‘linadi: 1}.intizomiy huquqbuzarlik; 2}.fuqarolik huquqbuzarligi; 3}.ma’muriy huquqbuzarlik; 4}.jinoiy huquqbuzarlik.
Intizomiy huquqbuzarlik — xizmat burchini bajarib turganda har qanday mehnatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbarlikka bo‘ysunish tamoyillarining buzilishi. Masalan, ishga, o‘qishga kech qolish; ishga yoki o‘qishga sababsiz kelmaslik yoki sababsiz ketib qolish; ishga mast holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilganholda kelish va boshqalar.

Fuqarolik huquqbuzarligi — insonlarning mulkiga yoki shaxsiga qarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zarar. Masalan, bir shaxsdan qarz olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shartn omal arni, majburiyatlarni bajarmaslik va boshqalar. Jinoiy huquqbuzarlik — jinoyat sodir etish, ya’ni o‘g‘rilik, talonchilik, odam o‘ldirish, ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar. Ma’muriy huquqbuzarlik — qonunga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, fuqarolarga, tabiiy muhitga nisbatan (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik. Masalan, mayda bezorilik; yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari; pasport tizimi va qayd etish qoidasi (harbiy va pasportni ro‘yxatdan o‘tk azish qoidalari); elektr energiyasidan foydal anish qoidalarini buzish, atrof muhitni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish sohasidagi huquq buzarliklarni olish mumkin. Huquqbuzarlik tushunchasini chuqurroq o‘rganish uchun huquqb uzarlikning obyekti va subyektini farqlay olishga o‘rganishimiz lozim.
Huquqbuzarlik obyekti — huquq bilan tartibga solinadigan va muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlar. Ijtimoiy munosabatlar o‘zi nima, — degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Odamlar ijtimoiy hayotda o‘z xatti-harakatlariga javob berishga majburlar. Ular ijtimoiy hayotda bir-birlari bilan o‘zaro munosabatga kirishadilar. Aynan mana shu munosabatlar — ijtimoiy munosabatlar.
Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. 14- moddadan.
23-mavzu. Yuridik javobgarlik.


Download 118.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling