8-sinf huquq qulay qo’llanma
Download 118.42 Kb.
|
8-SINF HUQUQ QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-mavzu.Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari. ***
Hikmatlar xazinasidan!
Qattiq jazo choralarini qo‘llab, jinoyat uchun o‘zaro javobgarlik tizimi joriy etilganida odamlar o‘zlarida qonun kuchini sinab ko‘rishga jur’at qila olishmaydi. (Shan Yan)
24-mavzu.Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari. *** Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi — bu qonun yo‘li bilan tashkil etiluvchi, o‘z tuzilishiga, ijtimoiy hayotda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash bo‘yicha aniq belgilangan vakolatga ega bo‘lgan davlat organidir. Qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tizimini, asosan, quyidagilar tashkil qiladi: ♦ Prokuratura va prokuratura organlari; ♦ Adliya vazirligi va adliya organlari; ♦ Ichki ishlar vazirligi va ichki ishlar organlari; ♦ Davlat xavfsizlik xizmati; ♦ Davlat soliq qo‘mitasi va soliq organlari; ♦ Davlat bojxona qo‘mitasi va bojxona organlari. Prokuratura huquqni muhofaza qilish idoralari tizimida alohida o‘rinni egallaydi. Prokuratura organlari va ularning xodimlari hisoblangan prokurorlarning vazifalari quyidagilardan iborat: –fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini, Konstitutsiyaviy tizimni himoya qilish; - jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash; - huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va qarshi kurashish; - xususiy mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; Prokuraturaning bosh vazifasi — qonun ustuvorligini qaror toptirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat tuzumini, davlat va fuqarolarning mulklarini turli jinoyatchilar, huquqbuzarlardan himoya qilish. Prokuror nazorati davlat nomidan, davlatning oliy organi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan amalga oshiriladi.
O‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib borayotgan prokuratura tizimining bugungi kundagi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Toshkent shahri prokuraturasi, viloyat prokuraturalari, shaharlar va tumanlar prokuraturalari, boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar kiradi. Download 118.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling