8-sinf huquq qulay qo’llanma


Download 118.42 Kb.
bet25/26
Sana22.01.2023
Hajmi118.42 Kb.
#1109064
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
8-SINF HUQUQ QOLLANMA

66- modda.




O‘n olti yoshga to‘lguncha, voyaga yetmagan bolaning familiyasi ma’lum maqsadda ota-onasi birgalikda qabul qilgan qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. Agar u o‘n olti yoshga to‘lgan bo‘lsa, uning ismi yoki familiyasini o‘zgartirish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi. Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. Voyaga yetmagan bola o‘z ota-onasidan yoki boshqa insonlardan qonun doirasida ta’minot olishga haqli. Bunda bolaga tegishli har qanday mablag‘, xoh u pensiya bo‘lsin, xoh boshqa turdagi nafaqa bo‘lsin, uning ota yoki onasi tomonidan uning ta’minoti, ta’lim-tarbiya olishi uchungina sarflanishi kerak bo‘ladi. Qolaversa, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi ham mumkin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.
Va nihoyat, voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

30-mavzu. Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. 37- moddadan


Mamlakatimiz Konstitutsiyasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga ega bo‘lsa-da, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77- moddasiga binoan, ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan ruxsat beriladi. O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi odamning yozma ravishdagi roziligi bilan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ishga qabul qilinadi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodiml ar bilan teng huquqda bo‘ladilar, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’ tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjat larda belgilangan qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanadilar”.

Download 118.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling