8-sinf huquq qulay qo’llanma
Download 118.42 Kb.
|
8-SINF HUQUQ QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emansipatsiya
- 28-mavzu.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar: 1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish; 2) har xil mualliflik huquqlarini amalga oshirish; 3) qonunga muvofiq banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish; 4) har xil maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega.
6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar: 1) mayda maishiy bitimlarni; 2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan bitimlarni; 3) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibda erkin foydalanish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni tuzishga haqlidir. 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunda ko‘rsatilgan shartlar asosida ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u sud qarori bilan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Buni fuqaroviy huquqda emansipatsiya deb yuritiladi. Bunday holda ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.
***Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi. Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimliklari huzurida Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar tuzilgan. Bu komis siyalarning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: – voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklarining oldini olish; – voyaga yetmaganlarning noqonuniy xatti-harakatlari va huquqbuzarliklariga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish; – voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarining himoya qilinishi; – ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ish olib borishni tashkil qilish. 28-mavzu. Jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari ***Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab to‘rtta guruhga ajratib olish mumkin. Bular: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy huquq buzarliklardir. Ana shu huquqbuzarliklar ichida bir-biriga nisbatan o‘xshashroq bo‘lgani jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklardir. Ularning tajovuz qilish obyektlari ham ko‘p hollarda bir xil. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2- moddasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlar ko‘rsatilgan bo‘lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo‘riqlash nazarda tutilsa, Ma’muriy javob garlik to‘g‘risidagi kodeksning 10- moddasida shaxsga, fuqarolarning huquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi qonuniy aybli qilmishlar nazarda tutiladi. Jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksida taqiqlangan qilmish sodir etilgan taqdirdagina qo‘llanadigan javobgarlikning eng og‘ir turidir. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 16- moddasida, jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir, deb yozilgan. O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganlar kichik yoshdagilar hisoblanib, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini, jinoyat ekanligini (javobgarlikni og‘ir lashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bundan mustasno) hali to‘la anglab yetolmaydi. O‘n to‘rt yoshga to‘lganlar esa ayrim qilmishlarning jinoyat ekanligini anglaydi, o‘z harakatlarini to‘la boshqara oladi. Shuning uchun JKning 17-moddasida o‘n to‘rt yoshdan jinoyat sub’ekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning ro‘yxati berilgan. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin.
Download 118.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling