8-sinf huquq qulay qo’llanma


Download 118.42 Kb.
bet16/26
Sana22.01.2023
Hajmi118.42 Kb.
#1109064
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
8-SINF HUQUQ QOLLANMA

Yuridik javobgarlik – huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o‘z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari ko‘rinishidagi oqibatlarga duchor bo‘lishi va ularni boshidan kechirishidir.


Huquqbuzarlik turlari yuridik javobgarlik turlariga mutanosibdir: ♦ fuqarolik huquqbuzarligi – fuqaroviy (moddiy) huquqiy javobgarlikni; ♦ ma’muriy huquqbuzarlik – ma’muriy javobgarlikni; ♦ intizomiy huquqbuzarlik – intizomiy javobgarlikni; ♦ jinoiy huquqbuzarlik – jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Yuridik javobgarlik sud tartibida, ma’muriy tartibda yoki intizomiy tartibda amalga oshiriladi. Yuridik javobgarlikning ikki turi farqlanadi: 1) Jarima yoki jazo; 2) Huquqni tiklovchi javobgarlik. Jarima yoki jazo turi o‘z navbatida quyidagilardan iborat: Vakolatli organ qonun asosida huquqbuzarga nisbatan yuridik javobgarlik choralarini qo‘llaydi. Bu choralar ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza qilishga qaratilgandir. Yuridik javobgarlik quyidagi tamoyillarga asoslanadi: qonuniylik; adolatparvarlik; jazoning muqarrarligi; maqsadga muvofiqlik; bag‘rikenglik; ayb uchun javobgarlik; huquqbuzarning bitta huquqbuzarlik uchun bir necha tomonlama javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Intizomiy — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181- moddasiga binoan quyidagi turlardan iboratdir: ♦ hayfsan; jarima solish; mehnat shartnomasini bekor qilish. Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi. Fuqaroviy — fuqarolik huquqbuzarligi uchun aybdor shaxsning to‘liq moddiy va ma’naviy javob berishidir. Ma’muriy jazolar quyidagilar: ♦ jarima; haqini to‘lash sharti bilan buyumni olib qo‘yish; buyumni musodara qilish; maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish; ma’muriy qamoq: 3 sutkadan 15 sutkagacha, ayrim hollarda 30 sutkagacha.
Jinoiy jazolar — Jinoyat Kodeksining 43- moddasiga binoan, quyidagilar: ♦ jarima; muayyan huquqdan mahrum qilish; axloq tuzatish ishlari; xizmat bo‘yicha cheklash; qamoq; intizomiy qismga jo‘natish; ozodlikdan mahrum qilish. Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari quyidagi qo‘shimcha jazo choralar ham belgilanadi: ♦ harbiy yoki maxsus unvonlardan mahrum qilish; ♦ huquqni tiklash javobgarligi – nohaq buzilgan huquqlarni tiklash, bajarilmagan majburiyatlarni majburlab bajartirishdan iborat. Bunda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs davlat organlarini aralashtirmasdan, o‘z tashabbusi bilan, buzilgan huquqlarini o‘zi tiklashi mumkin. Lekin, shunda ham unga nisbatan qo‘shimcha jazo choralari ko‘rilishi mumkin.



Download 118.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling