8-sinf huquq qulay qo’llanma
Download 118.42 Kb.
|
8-SINF HUQUQ QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonunchilik
- Huquqiy odat
Huquqiy munosabat — uning ishtirokchilari o‘rtasidagi huquqiy (yurid ik) aloqalar bo‘lib, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, masalan, tibbiy yordam olish, turar joyga, o‘z ismi, familiyasiga ega bo‘lish huquqlariga ega. Aqli zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. Ular ham yashash, davolanish, nafaqa olish, mulkdor bo‘lish huquqiga egadirlar. Ayrim vaqtda hali tug‘ilmagan bola ham huquqiy layoqatga ega. U merosxo‘r bo‘la oladi.
***Muomala layoqati yosh va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq. O‘zbekiston qonunlariga binoan, to‘liq muomala layoqati fuqaro 18 yoshga to‘lgandan so‘ng boshlanadi. Lekin, ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan tortilishi mumkin. Boshqa bir misol: Oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshga to‘lmasdan turib nikohdan o‘tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan boshlab to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Huquq manbai davlat irodasini muayyan huquqiy-normativ hujjatlar, qonun normalarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq manbalarining quyidagi to‘rt shakli e’tirof qilingan: Huquqiy odat — bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga aytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq manbai hisoblangan. Hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda, masalan, Buyuk Britaniyada mavjud. Download 118.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling