21
15-§. Amirlikning xo'jalik hayoti (11)
UYGA VAZIFA:
1-TOPSHIRIQ: TEST SAVOLLARI
1. Buxoro amirligida yer suv mulkchiligining qanday turlari mavjud edi?
A) suyurg'ol, tanho, mulk
B) davlat, mulk,tanho
C) davlat, mulk, vaqf
D) davlat ,mulk ,tanho
2. Buxoro amirligida qaysi yer egalari davlat xazinasiga xiroj to'lashdan tashqari oliy hukmdor chaqirig'iga ko'ra o'z qo'shini bilan
harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edilar?
A) mulk yerlari
B) suyurg'ol yerlari
C) vaqf yerlari
D)
amlok yerlari
3. Qaysi asrdan boshlab davlat yerlarini "tanho" shaklda i'nom etish qaror topa boshlagan?
A) XVI asr
B) XIV asr
C) XVII asr
D)
XV asr
4. Buxoro amirligida eng kichik tanho yeri necha gektar bo'lgan?
A) 4-5 gektar
B) 2-3 gektar
C) 3-5 gektar
D) 3-4 gektar
5. Buxoro amirligida "mulki hur yoki mulki hurri xolis" yerlar kimlarga berilgan?
A) hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda jasorat ko'rsatganlarga
B) soliqlarni o'z vaqtida to'laganlarga
C) urushlarda jasorat ko'rsatganlarga
D) B va C
6. Buxoro amirligida vaqf yerlarini kim tasarruf etgan?
A) Muhtasib
B) Shayxulislom
C) Mutavalli
D) Sadr
7. XVIII asrda Zarafshon daryosidan qaysi nahr(ariq) lar chiqarilgan?
A) Qozonariq va Toyman arig'i
B) Xurmo va Toyman arig'i
C) Xurmo va Sarazm
D)
Sarazm va Qozonariq
8. Shohmurod davrida qazilgan 24 chaqirim uzunlikdagi ariqni aniqlang?
A) Toyman
B) Sarazm
C) To'g'uzariq
D) Qozonariq
9. 4 qismdan iborat alohida reja asosida bunyod etilgan bog'lar nima deb ataladi?
A) hamma javob to'g'ri
B) suluk
C) chorbog'
D) bog'i kalon
10. Buxoro va Toshkentdagi eng mashhur bog'larni aniqlang?
A) Bog'i Shamol, Jo'ybor
B) Bog'i Shamol, Kaykovus
C) Jo'ybor, Kaykovus
D) Toyman, Kaykovus
11. Amirlikda bo'yoq olinadigan o'simlik qanday nomlanadi?
A) serdona
B) to'g'ri javob yo'q
C) bedapoya
D) mardona
TEST SAVOLLARIGA O’QUVCHINING JAVOBLARI:
Savol
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
JAMI
Do'stlaringiz bilan baham: