8-sinf jahon tarixi
-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48)
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI
1-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48)
Savollar va javobi 1. ”Biz tariximizdan bir sahifani ham olib tashlamaymiz.Bu tarix bizniki, uni unutishga hech kimning haqqi yo’q” so’zlari kimga tegishli? I.Karimov 2. O’rta Osiyoda qaysi davlat poytaxti islom dini markazlaridan biri hisoblangan? Buxoro amirligi 3. XIX asrda Buxoro amirligining hududi qancha edi? 200 ming kv.km 4. Buxoro amirligining hududini ko’rsating. Janubda Amudaryoning qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho’zilgan. 5. XIX asrda Buxoro amirligi hududi janubda qayerdan boshlangan? Amudaryoning chap qirg’ogi 6. XIX asrda Buxoro amirligi hududi sharqda qayerdan boshlangan? Pomir tog’lari 7. XIX asrda Buxoro amirligi hududi g’arbda qayergacha borgan? Xiva xonligi 8. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi bilan chegaradosh davlatlar xato berilgan javobni aniqlang? Sharqiy Turkiston va Xitoy 9. Buxoro amirligining markaziy qismini aniqlang. Zarafshon vodiysi 10. Buxoro amirligining markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida qanday shaharlar joylashgan? Buxoro, Samarqand 11. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping. Chorjo’y, Marv 12. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping. Oqmachit, Turkiston 13. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Tojikistondagi hududlar xato berilgan javobni toping. Murg’ob vohasi 14. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Turkmanistondagi hudud to’g’ri berilgan javobni toping. Murg’ob vohasi 15. Buxoro amirligi qanday boshqarilgan? Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni amir tayinlagan beklar boshqargan. 16. Buxoro amirligi necha beklikka bo’lingan? 27ta 17. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi hududi qancha edi? 130 ming kv.km 18. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi janubda qayer bilan chegaradosh edi? Eron 19. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi sharqda qayer bilan chegaradosh edi? Buxoro amirligi 20. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi g’arbda qayer bilan chegaradosh edi? Kaspiy dengizi 21. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chegaradosh edi? qozoq juzlari 22. Xiva xonligining ma’muriy markazini aniqlang. Xiva 23. XIX asr o'rtalarida Xiva xonligining yirik shaharlari xato berilgan javobni aniqlang. Yangi Urganch, Hazorasp 24. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularni xon tomonidan tayinlangan…… boshqargan. beklar va to’ralar 25. Xiva xonligida qancha beklik bo’lgan? 40ta 26. XVIII asrning boshlarida qaysi hududlar Buxoro amirligidan ajralib chiqib, mustaqil davlat- Qo’qon xonligi tashkil topdi? Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar 27. Qo’qon xonligi g’arbda qayerlar bilan chegaradosh edi? Sharqiy Turkiston 28. Qo’qon xonligining qaysi tog’li o’lkalarni o’z ichiga olgan? Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non 29. Qo’qon xonligining qaysi hududlar borasida Buxoro amirligi bilan tez-tez to’qnashuvlari ro’y bergan? Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non 30. Qo’qon xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlari xato berilgan javobni aniqlang? Chimkent, Qorategin, Darvoz 31. O’rta Osiyoda qaysi davlat boshqa xonliklardan farqli o’laroq, sersuv daryolar, so’lim vodiylar, serhosil yerlarga boy bo’lgan? Qo’qon xonligi 32. O’rta Osiyoda qaysi xonlik bekliklarga bo’linib, ularni asosan xon tomonidan o’z qarindoshlari va yaqinlaridab tayinlangan kishilar boshqargan? Qo’qon xonligi 33. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining aholisi qancha kishi edi? 2 mln.atrofida 34. Buxoro amirligining etnik tarkibi asosan kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz 1, 2, 3, 4, 5 35. XIX asr o’rtalariga kelib Xiva xonligida aholi soni qancha edi? 800 ming 36. Xiva xonligi aholisi asosan kimlardan tashkil topgan? o’zbeklar 37. Xiva xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz 1,3,4,5 38. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi aholisi qancha edi? 3 mln.ga yaqin 39. Qo’qon xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz 1, 2, 5, 6 40. Qo’qon xonligida yashagan boshqa elat vakillari xato berilgan javobni toping. xitoyliklar 41. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisining asosiy qismini tashkil qiluvchi o’zbeklar shug’ullangan sohalar xato berilgan javobni toping. chorvachilik 42. XIX asr o’rtalarida uchala xonlikda ham chorvachilik bilan shug’ullangan millat vakillari xato berilgan javobni toping? o’zbek, tojik 43. Uchala xonliklarning hududi bugungi kundagi O’zbekistondan tashqari qaysi davlatlarni o’z ichiga olgan? 1.Qozog’iston 2.Qirg’iziston 3.Tojikiston 4.Turkmaniston 5.Eron 6.Xitoy 1, 2, 3, 4 44. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisi asosiy qismining shug'ullangan sohalari xato javobni toping. termachilik 45. Quyidagi nomlar bir-biriga mos kelmagan javobni toping. O’zgan-Jand 46. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. Qunduz, Shibirg’on 47. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. Qashg’ar, Yorkend, Badaxshon 48. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. Astrobod, Qunduz Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling