8-sinf jahon tarixi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI
4-5-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo aholisining madaniy hayot (43) Savollar va javobi 1. XIX asr o’rtalarida xonliklardagi aholining aksariyati qaysi tilda so’zlashgan? o’zbek 2. XIX asrda O’rta Osiyoda qancha doston mavjud edi? 40 ga yaqin 3. XIX asrdagi eng mashhur dostonlar xato berilgan javobni toping. “Bo’zatov” 4. Xalq baxshilari tomonidan bayramlar, xalq sayillarida sadoqatli do’stlik va chin muhabbat ulug’langan qaysi dostonlar kuylangan? A va B 5. Xiva xoni Olloqulixon hukmronlik yillarini aniqlang. 1825-1842 6. Olloqulixon farmoyishi bilan Shermuhammad Munis Xorazmning qaysi yilgacha bo’lgan tarixini yozgan? 1812 yilgacha 7. Shermuhammad Munisning asl ismi kim? Shermuhammad Amir Avazbiy o’g’li 8. Xorazmlik qaysi tarixchi 18 mingdan ortiq misrani o’z ichiga olgan devonini avlodlarga meros qilib qoldirgan? Munis 9. 1819-yil Munis kimning qaysi asarini o’zbek tiliga tarjima qilishga kirishdi va bu asarning I- jildini tarjima qilishga erishdi? Mirxond-“Ravzat-us safo” 10. Ogohiy Munisning qaysi asarlarining tarjimasini oxiriga yetkazgan? A va B 11. Ogohiyning asl ismi kim? Muhammad Rizo Ernazarbiy o’g’li 12. Ogohiy qaysi yillari yashagan? 1809-1874 13. Ogohiy qancha tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlarining muallifi? 16 ta 14. Ogohiyning puxta bilgan tillari xato berilgan javobni toping. uyg’ur 15. Ogohiy Xorazmning qaysi yillari tarixini yozib tugatdi? 1812-1872 16. Ogohiyning Xiva xonligi tarixiga bag’ishlangan tarixiy asarlari xato berilgan javobni ko’rsating. ”Gulshan ul-mulk” 17. Ogohiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq qaray olmasligi uning qaysi g’azalida yorqin ifodasini topgan? “Qish” 18. Quyidagi shaxslarning qaysi biri yozuvchi, faylasuf, musavvir, ma’rifatparvar bo’lgan? Ahmad Donish 19. Ahmad Donish qaysi yillari yashab o’tgan? 1827-1897 20. Ahmad Donish asarlari xato berilgan javobni toping. “Navodir ul nihoya” 21. Quyidagi qaysi shaxs Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlariga sayohat qiladi? Ahmad Donish 22. Ahmad Donish qachon va kimning topshirig’i bilan “Manozir ul-kavokib” nomli astronomiyaga oid asarni yozdi? 1865-Amir Muazffar 23. Ahmad Donish qachon Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlariga sayohat qiladi? 1857-yil 24. Ahmad Donishning quyidagi qaysi asari astronomiya faniga oid? “Manozir ul-kavokib” 25. XIX asrda Qo’qonda kimning hukmronlik davri ilm-fan rivojlanishida muhim o’rin egallagan? Umarxon 26. Amir Umarxon hukmronligi davrida saroy shoirlari orasida kim ayniqsa ajralib turgan? Fazliy 27. Quyidagi qaysi shaxs she’riy istedodi tufayli xonning marhamatiga sazovor bo’lib, tez orada saroy shoirlarining boshlig’i-“Malik ush-shuaro” nomini olgan? Fazliy 28. Quyidagi qaysi shaxs 200 nafarga yaqin qo’qonlik shoirlar va olimlar ojodini o’z ichiga olgan “Majmuat ush-shuaro” tazkirasini yozgan? Fazliy 29. Quyidagi qaysi shaxsning ajoyib g’azallarini xonandalar sevib qo’shiq qilib kuylashgan, she’rlari tili sodda va nihoyatda ravon, xalq tiliga yaqin edi? Fazliy 30. XIX asr o’rtalariga borib ayniqsa qaysi xonlikda qurilish ishlari avj oldi? Xiva 31. Ichan qal’adagi Muhammad Aminxon madrasasi qaysi yillarda qurilgan? 1851-1855-yillar 32. Xivada ark darvozasi qarshisida Muhammad Raximxon madrasasi qachon qurilgan? 1871-yilda 33. Quyidagi qaysi inshoot Ark qarshisida qurilgan? Muhammad Rahimxon madrasasi 34. Qo’qon xonligida qurilgan inshootlar qurilgan yili xato berilgan javobni toping. Hokim Oyim madrasasi-1868 35. Qo’qon xonligida qaysi inshoot o’zining bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi? Xudoyorxon saroyi 36. Toshkentda Baroqxon madrasasi ta’mirlash ishlari qachon boshlandi? 1859-yilda 37. Baroqxon madrasasi qarshisida qaysi inshootlar qurilgan? Mo’yi Muborak madrasasi, Tillashayx jome masjidi 38. Buxoro amirligida qaysi yozuv uslublaridan binolarni bezashda foydalanildi? hamma javob to'g'ri 39. XIX asr o’rtalarida ijodkorlar qaysi tillarda ijod qilishgan? fors va o’zbek 40. Zullisonayn bu….. ikki tilda ijod qilish 41. Epos bu…. xalq og’zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui 42. Xonaqoh bu….. darvishlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona 43. Truppa bu…. xalq og’zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling