8-sinf jahon tarixi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/79
Sana13.09.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1676572
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

 
 
2-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ma'muriy boshqaruv tizimi (38) 
Savollar va javobi 
1. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping. 
 1826-1861-yillar Amir Nasrullo hukmronlik davri 
2. Buxoro amiri Amir Muzaffar hukmronlik yillarini toping. 
 1860-1885-yillar 
3. Buxoro amirligining ma’muriy markazi qaysi shahar edi? 
 Buxoro 
4. Buxoro amirligida ijro hokimiyati kimning qo’lida bo’lgan? 
 qo’shbegi 
5. Buxoro amirligida bosh vazir kim edi? 
 qo’shbegi 
6. Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari kimning tavsiyasi bilan tayinlangan? 
 qo’shbegi 
7. Buxoro amirligida moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi, tashqi aloqalarni yuritish kabi 
sohalarni kim boshqargan? 
 devonbegi 
8. Amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul shaxsni aniqlang? 
 mirzaboshi 
9. Amirlikda soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va ularni hisobga olib borishga kim javobgar bo’lgan? 
 mushrif 
10. Buxoro amirligida xalqning shikoyatlari bilan kim shug’ullangan? 
 dodhoh 
11. Buxoro amirligida oliy hukmdor farmonlarini kim e’lon qilgan? 
 parvonachi 
12. Buxoro amirligida shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni kim 
amalgam oshirgan? 
 shayxulislom 
13. Buxoro amirligida devonbegiga bo’ysungan mansab egasi? 
 mirzaboshi 


14. Buxoro amirligida shayxulislomga bo’ysungan mansab egasi 
 muftiy, muhtasib 
15. Buxoro amirligida diniy-huquqiy masalalar bilan kim shug’ullangan? 
 muftiy 
16. Buxoro amirligida shariat qoidalarining bajarilishi va amal qilish masalalari bilan kim 
shug’ullangan? 
 muhtasib 
17. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping. 
 mirshabboshi amir qo’shinining bosh qo’mondoni hisoblangan 
18. Buxoro amirligi shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga kim mas’ul hisoblangan? 
 mirshabboshi 
19. Buxoro amirligida mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do’stlari va dushmanlari 
to’g’risida ma’lumotlar to’plash bilan kim shug’ullangan? 
 ko’kaldosh 
20. Xiva xonligi to’g’risida xato ma’lumotni toping. 
 Xiva shahrida ichki-Dishan qal’a va mudofaa devori bilan o’ralgan tashqi-Ichan qal’a mavjud 
bo’lgan. 
21. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlari xato 
berilgan javobni toping. 
 Vazir, Marv 
22. Xiva xonligida oliy amaldor kim hisoblangan? 
 devonbegi 
23. Xiva xonligida devonbegining ixtiyoridagi kengashga kirgan mansablar xato berilgan javobni 
toping. 
 mirshabboshi 
24. Xiva xonligida mirshabboshi….. 
 aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan 
25. Xiva xonligida yasovulboshi….. 
 xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni 
26. Xiva xonligida shayxulislom….. 
 diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. 
27. Xiva xonligida mirobboshi….. 
 sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan 
28. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida taxminan qancha otliqdan iborat qo’shin bor edi? 
 40 ming 
29. Xiva xonligida qo’shinga kim qo’mandonlik qilgan? 
 lashkarboshi 
30. Xiva xonligida askarlik xizmatida bo’lganlarga qanday imtiyoz mavjud edi? 
 soliqlardan ozod qilingan 
31. Qo’qon xonligi bilan bog’liq xato javobni toping. 
 eng yuqori mansab mingboshi hisoblanib, u harbiy vazir hisoblangan 
32. Qo’qon xonligida alohida harbiy bo’linmalarga kim rahbarlik qilgan? 
 mingboshi 
33. Qo’qon xonligida xazina ishlari va xarajatlarini kim nazorat qilgan? 
 mehtar 
34. Qo’qon xonligida islom dini qoidalari asosida sud ishlarini kimlar olib borganlar? 
 qozikalon, qozilar 
35. Qo’qon xonligida kimlar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to’g’ri 
yuritilishini nazorat qilganlar? 
 muhtasib-raislar 
36. Qo’qon xonligidagi tartib-intizom masalalari bilan kimlar shug’ullangan? 
 mirshab 


37. Qo’qon xoni zaruriyat tug’ilganda qancha askar yig’a olgan? 
 12 ming aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha askar 
38. Xudoyorxon saroyi qachon qurilgan? 
 XIX asr oxrida

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling