8-sinf jahon tarixi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI
6-Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni istilo qilishining boshlanishi (84) Savollar va javobi 1. Pyotr I O’rta Osiyoga yuborgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragan ekspeditsiya rahbari kim? B.Cherkasskiy 2. Rossiyaning O’rta Osiyoni istilo qilish uchun qurgan ilk istehkomining 7 tasi qachon va qayerda qurilgan? 1718-yil-Irtish daryosi sohilida 3. Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishni yanada tezlashtirgan omillar xato berilgan javobni toping. xonliklarni bosib olib, madaniyat, ilm-fanni rivojlantirish 4. XIX asrdan boshlab Buyuk Britaniyaning qaysi kompaniyasi strategik ahamiyatga ega bo’lgan xonliklarning tabiiy boyliklari, xomashyo mahsulotlariga qiziqishi ortib borgan? “Ost-Indiya” 5. Angliya tomonidan O’rta Osiyoga 1825-yilda Angliya bilan aloqalarni yo’lga qo’yish uchun kim yuborilgan? M.Murkroft 6. 1832-yilda Buxoraga qaysi ingliz vakili kelgan? A.Byorns 7. 1843-yilda inglizlar tomonidan Xiva va Buxoroga kim yuborildi? J.Abbot 8. 1844-yilda O’rta Osiyoga kelgan ingliz vakili? I.Volf 9. 1825-yilda O’rta Osiyo xonliklarining Angliya bilan aloqlarini yo’lga qo’yish uchun kelgan M.Murkroft taqdiri qanday yakunlandi? Buxoroga kelib, qaytib ketayotganida yo’lda 2 hamrohi bilan halok bo’ladi 10. Amir Nasrullo 1842-yilda qatl qildirgan Ost-Indiya kompaniyasining vakillarini toping. Ch.Stoddort, A.Konnoli 11. M.Murkroft qachon Buxoroda bo’ldi? 1825-yil 12. A.Byorns qachon Buxoroga keldi? 1832-yil 13. Mayor I.Volf qachon O’rta Osiyoda bo’ldi? 1844-yil 14. Kapitan J.Abbot qachon Xiva va Buxoroda bo’lgan? 1843-yil 15. Amir Nasrullo tomonidan qachon Ch.Stoddort, A.Konnoli qatl etilgan? 1842-yil 16. Qachon o’zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubidagi hududlar Afg’oniston viloyatiga aylantirildi? 1855-yil 17. Qrim urushi qaysi yillarda bo’lib o’tgan? 1853-1856-yillarda 18. Sirdaryoning orolga quyilish joyida qachon Raim istehkomi qurildi? 1847-yil 19. Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishiga bahonasini ko’rsating. chegara hududlarda yashaydigan Rossiya imperiyasi fuqarolari bo’lgan aholiga talonchilik va bosqinchilik qilib turgan guruhlarning hujumlarini bartaraf etish. 20. XIX asrda nima uchun Rossiyada to’qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosiga taqchillik yuzaga keldi? AQShda boshlangan shimol va janub o’rtasidagi fuqarolar urushi (1861-1865) 21. XIX asrning I-yarmida Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishini osonlashtirgan sababni ko’rsating. ichki o’zaro urushlar 22. Rossiya O’rta Osiyoni bosib olishni necha bosqichda amalga oshirdi? 4 23. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining I-bosqichi qachon bo’lib o’tdi? 1847-1865-yillar 24. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining II-bosqichi qachon bo’lib o’tdi? 1865-1868-yillar 25. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining III-bosqichi qachon bo’lib o’tdi? 1873-1879-yillar 26. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining IV-bosqichi qachon bo’lib o’tdi? 1880-1885-yillar 27. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining I-bosqichida….. Qo’qon xonligining shimoli-g’arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi 28. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining II-bosqichida….. Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi 29. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining III-bosqichida….. Xiva va Qo’qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo’di. 30. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining IV-bosqichida….. turkmanlar bo’ysundirildi 31. Rossiyaning O’rta Osiyoni istilo qilishining I-bosqichida istilo qilingan hududlarda qanday viloyat tuzildi? Orenburg general-gubernatorligiga kiruvchi Turkiston viloyati 32. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida qaysi yillar bosqinchilik urushlari olib borildi? 1864-1885 33. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari necha yil davom etdi? 20 yildan ortiq 34. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida qaysi yillar bosqinchilik urushlari natijasida O’rta Osiyo xonliklari hududining qancha qismini bosib olib, mustamlakaga aylantirdi? 1583255 kv.km 35. Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronlik yillarini aniqlang. 1855-1881 36. Rossiya imperatori Aleksandr II qachon Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirilishi tog’risidagi ko’rsatma berdi? 1859-yil 37. …..ni egallash –bu Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi harbiy yurishlarini keng qamrovda va tayanch hududga ega holda olib borishini ta’minlar edi. Toshkent 38. Rossiyaning Toshkentni bosib olishda qaysi qal’a harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi? Oqmachit 39. Oqmachit qal’asi to’g’risidagi xato ma’lumotni aniqlang? hujum paytida 3 mingdan ziyod kishidan iborat rus qo’shiniga 400 kishidan iborat Oqmachit qal’a himoyachilari 19 kun davomida qarshilik ko’rsatishdi 40. 1864-yilda 3 mingdan ziyod qo’shin bilan Toshkentni bosib olish uchun yo’lga chiqqan generallarni aniqlang. N.Veryovkin, M.Chernyayev 41. Verniy hozirgi qaysi shahar? Almati 42. Avliyoota hozirgi qaysi shahar? Taroz 43. Avliyoota qayerda joylashgan? Talas daryosining chap sohilida 44. Avliyoota qal’asi qachon va kim tomonidan bosib olindi? 1864-yil 4-iyun-Chernyayev 45. Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga rahbarlik qilgan Qo’qon amirlashkari? A va B 46. Alimqulni chekinishga majbur qilgan Veryovkinning ultimatum shartlari xato berilgan javobni aniqlang. Alimqulning o’zini tutib o’ldirish 47. Turkiston qachon va kim tomonidan bosib olindi? 1864-yil 12-iyul-Veryovkin 48. Veryovkin Turkistonni bosib olish uchun necha kun urushdi? 3 kun 49. Rus bosqini davrida Toshkent necha kilometrlik qal’a devor bilan o’rab olingan edi? 20 km 50. Toshkentni bosib olish uchun harbiy harakatga kim qo’mandon etib tayinlandi? Chernyayev 51. 1864-yil kuzida qaysi shahar Rossiya tomonidan egallandi? Chimkent 52. Sirdaryo istehkom chizig’ini ko’rsating? Raim qal’asidan-Perovskiy fortigacha 53. Qayerning egallanishidan keyin Yangi Qo’qon chizig’I asosida qo’lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi? Chimkent 54. Chor Rossiyasi bosqini arafasida O’rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo- sotiq markazlaridan birini aniqlang? Toshkent 55. XIX asrning II-yarmida Toshkentning qancha darvozasi bo’lgan? 12 ta 56. Toshkent darvozalari xato berilgan javobni aniqlang. Otadarvoza, Toshdarvoza, Qo’y, Polvon 57. Toshkent devorlari ortidagi xandaqlarga qaysi ariqdan suv kelgan? Kaykovus 58. Toshkent necha dahadan iborat va qaysilar? 4 ta-Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor, Shayxontoxur 59. Toshkent dahalari kim tomonidan boshqarilgan? oqsoqol 60. XIX asr o’rtalarida Toshkent shahri aholisini aniqlang? 80 mingga yaqin 61. Qaysi rus generali qachon o’zini podshoga yaxshi ko’rsatish uchun tezlik bilan toshkentni qo’lga kiritmoqchi bo’ldi? 1864-yil 1-oktyabr-Chernyayev 62. Chernyayev Toshkentga qilgan dastlabki yurishida 70 nafardan ziyod askaridan ajralib qayerga chekindi? Chimkent 63. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. Niyozbek qal’asi uchun jang 29-apreldan boshlanadi va jang 3 kun davom etadi 64. Niyozbek qal’asi qayerda joylashgan? Chirchiq daryosining chap sohilida 65. Quyidagi qaysi qo’rg’on Toshkent darvozasi deb nom olgan? Niyozbek 66. Qaysi qal’aning qo’lga kiritilishi M.Chernyayevga Toshkentni suv ta’minotidan uzib qo’yish imkoniyatini berdi? Niyozbek 67. M.Chernyayev boshchiligidagi istilochilar qachon Toshkentga bevosita hujum boshladilar? 1865-yil may 68. Rus qo’shinlariga Toshkentda kim boshchiligidagi qo’shin qarshilik ko’rsatdi? A va B 69. Ruslarga qarshi kurashayotgan Toshkent himoyachilarini sarosimaga solib qo’ygan sababni aniqlang. Aliqulining yarador bo’lib vafot etishi 70. Rus qo’shinlari Toshkentga qaysi darvozadan kirib keldilar? Kamolon 71. Rus bosqini davrida Toshkent uchun asosiy jang qayerda bo’lib o’tdi? Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko’chada 72. Toshkent himoyachilari nima sababdan qal’aga o’t qo’yadilar? A va B 73. Toshkent uchun jang davom etayotganida Chernyayev Toshkentning qaysi darvozasi tomon chekingan? Kamolon 74. Rus bosqini davrida Toshkentdagi yong’inlarni o’z vaqtida o’chirish imkoniyatini bermagan sababni aniqlang? suv yo’llarining to’sib qo’yilganligi 75. 1865-yil 17-iyunda Chernyayev qaysi dahalarning oqsoqollarini yoniga chaqirdi? Ko’kcha, Sebzor, Beshyog’och, Shayxontoxur 76. 1865-yil 17-iyunda M.Chernyeyev uchrashgan Toshkentning hufuzli kishilari xato berilgan javobni aniqlang. Salim oxun 77. Sibirga surgun qilingan Toshkent vatanparvarlari xato berilgan javobni aniqlang. Salim oxun 78. M.Chernyayevning shaharni “ixtiyoriy ravishda topshirish” to’g’risidagi sulhni necha oqsoqol imzoladi? 9 ta 79. Toshkent ruslar tomonidan bosib olingach istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarida qanday viloyat tuzildi va uning gubernatori kim? Turkiston-Chernyayev 80. “Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom” qachon qabul qilindi? 1865-yil 6-avgust 81. Ekspeditsiya bu…… lotincha-yurish-maxsus topshiriqqa binoan biror guruhning safari 82. Ultimatum bu….. lotincha-so’ngi, oxirgi-biror masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumatiga bayon qilgan, hech qanday e’tirozga o’rin qoldirmaydigan qat’iy talabi 83. Daha bu….. qadimgi so’g’dcha-qishloq-shaharning bir qismi, ma’muriy bo’linma 84. Rossiya atamasi nima uchun Chor Rossiyasi tarzida talaffuz qilingan? rus tilida podsho “sar” deyilgan, shuning uchun ham “Sarskaya Rossiya” podsho Rossiyasi deyilgan Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling