8-sinf jahon tarixi


-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48)


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/79
Sana13.09.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1676572
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

1-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48) 
Savollar va javobi 
1. ”Biz tariximizdan bir sahifani ham olib tashlamaymiz.Bu tarix bizniki, uni unutishga hech 
kimning haqqi yo’q” so’zlari kimga tegishli? 
 I.Karimov 
2. O’rta Osiyoda qaysi davlat poytaxti islom dini markazlaridan biri hisoblangan? 
 Buxoro amirligi 
3. XIX asrda Buxoro amirligining hududi qancha edi? 
 200 ming kv.km 
4. Buxoro amirligining hududini ko’rsating. 
 Janubda Amudaryoning qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan 
g’arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho’zilgan. 
5. XIX asrda Buxoro amirligi hududi janubda qayerdan boshlangan? 
 Amudaryoning chap qirg’ogi 
6. XIX asrda Buxoro amirligi hududi sharqda qayerdan boshlangan? 
 Pomir tog’lari 
7. XIX asrda Buxoro amirligi hududi g’arbda qayergacha borgan? 
 Xiva xonligi 
8. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi bilan chegaradosh davlatlar xato berilgan javobni aniqlang? 
 Sharqiy Turkiston va Xitoy 
9. Buxoro amirligining markaziy qismini aniqlang. 
 Zarafshon vodiysi 
10. Buxoro amirligining markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida qanday shaharlar 
joylashgan? 
 Buxoro, Samarqand 
11. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan 
javobni toping. 
 Chorjo’y, Marv 
12. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan 
javobni toping. 
 Oqmachit, Turkiston 
13. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Tojikistondagi hududlar xato berilgan javobni toping. 
 Murg’ob vohasi 
14. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Turkmanistondagi hudud to’g’ri berilgan javobni toping. 
 Murg’ob vohasi 
15. Buxoro amirligi qanday boshqarilgan? 
 Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni amir tayinlagan beklar boshqargan. 
16. Buxoro amirligi necha beklikka bo’lingan? 
 27ta 
17. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi hududi qancha edi? 
 130 ming kv.km 
18. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi janubda qayer bilan chegaradosh edi? 
 Eron 
19. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi sharqda qayer bilan chegaradosh edi? 
 Buxoro amirligi 


20. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi g’arbda qayer bilan chegaradosh edi? 
 Kaspiy dengizi 
21. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chegaradosh edi? 
 qozoq juzlari 
22. Xiva xonligining ma’muriy markazini aniqlang. 
 Xiva 
23. XIX asr o'rtalarida Xiva xonligining yirik shaharlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 Yangi Urganch, Hazorasp 
24. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularni xon tomonidan 
tayinlangan…… boshqargan. 
 beklar va to’ralar 
25. Xiva xonligida qancha beklik bo’lgan? 
 40ta 
26. XVIII asrning boshlarida qaysi hududlar Buxoro amirligidan ajralib chiqib, mustaqil davlat-
Qo’qon xonligi tashkil topdi? 
 Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar 
27. Qo’qon xonligi g’arbda qayerlar bilan chegaradosh edi? 
 Sharqiy Turkiston 
28. Qo’qon xonligining qaysi tog’li o’lkalarni o’z ichiga olgan? 
 Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non 
29. Qo’qon xonligining qaysi hududlar borasida Buxoro amirligi bilan tez-tez to’qnashuvlari ro’y 
bergan? 
 Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non 
30. Qo’qon xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlari xato 
berilgan javobni aniqlang? 
 Chimkent, Qorategin, Darvoz 
31. O’rta Osiyoda qaysi davlat boshqa xonliklardan farqli o’laroq, sersuv daryolar, so’lim vodiylar, 
serhosil yerlarga boy bo’lgan? 
 Qo’qon xonligi 
32. O’rta Osiyoda qaysi xonlik bekliklarga bo’linib, ularni asosan xon tomonidan o’z qarindoshlari 
va yaqinlaridab tayinlangan kishilar boshqargan? 
 Qo’qon xonligi 
33. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining aholisi qancha kishi edi? 
 2 mln.atrofida 
34. Buxoro amirligining etnik tarkibi asosan kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 
4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz 
 1, 2, 3, 4, 5 
35. XIX asr o’rtalariga kelib Xiva xonligida aholi soni qancha edi? 
 800 ming 
36. Xiva xonligi aholisi asosan kimlardan tashkil topgan? 
 o’zbeklar 
37. Xiva xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 
5.qozoq 6.qirg’iz 
 1,3,4,5 
38. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi aholisi qancha edi? 
 3 mln.ga yaqin 
39. Qo’qon xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 
5.qozoq 6.qirg’iz 
 1, 2, 5, 6 
40. Qo’qon xonligida yashagan boshqa elat vakillari xato berilgan javobni toping. 
 xitoyliklar 
41. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisining asosiy qismini tashkil qiluvchi o’zbeklar 


shug’ullangan sohalar xato berilgan javobni toping. 
 chorvachilik 
42. XIX asr o’rtalarida uchala xonlikda ham chorvachilik bilan shug’ullangan millat vakillari xato 
berilgan javobni toping? 
 o’zbek, tojik 
43. Uchala xonliklarning hududi bugungi kundagi O’zbekistondan tashqari qaysi davlatlarni o’z 
ichiga olgan? 1.Qozog’iston 2.Qirg’iziston 3.Tojikiston 4.Turkmaniston 5.Eron 6.Xitoy 
 1, 2, 3, 4 
44. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisi asosiy qismining shug'ullangan sohalari xato javobni 
toping. 
 termachilik 
45. Quyidagi nomlar bir-biriga mos kelmagan javobni toping. 
 O’zgan-Jand 
46. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
 Qunduz, Shibirg’on 
47. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
 Qashg’ar, Yorkend, Badaxshon 
48. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
 Astrobod, Qunduz

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling