8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


-dars  NAZORAT ISHI TAHLILI


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

34-dars 
NAZORAT ISHI TAHLILI 
Tekshirilgan insho matnini diqqat bilan ko‘zdan kechiring.
Xatolarga e’tibor bering. 
Xatolaringizni quyidagi turlarga ajrating: 
1) imloviy xato; 
2) ishoraviy (tinish belgi bilan bog‘liq) xato; 
3) uslubiy (so‘z qo'llash bilan bog'liq) xato. 
Xatolaringiz haqida o‘qituvchidan so‘rang. Xato yozgan so‘zingizni imlo lug‘atidan
yana bir marta tekshiring, lug‘at daftariga ko‘chiring va eslab qoling.Insho matnida
uchragan uslubiy g‘aliz fikrlarni qayta o‘ylab ko‘ring. Fikringizni boshqacha ifoda 
bilan mashq daftariga yozing va o‘qib
bering.Uch guruhga bo‘lining. Bir guruhda imloviy xato, ikkinchi guruhda ishoraviy 
xato, uchinchi guruhda uslubiy xatolar ro‘yxatini tuzing. Xatoning yechimini toping va 
prezentatsiya (taqdimot) qiling. 
5-BO‘LIM 
SODDA GAP SINTAKSISI
35-dars 
SODDA GAP. GAP BO‘LAKLARI 
86-maahq. Gaplarni ko‘chiring. Gap bo‘laklarini aniqlab, tagiga chizing. 
Ularning qaysi bolakka bog‘lanayotganini ayting. 
1. Odamlarga achchiq va dag‘al so‘zlamagin, dag‘allik misli olov, kuydirguvchi
yolqindir. 2. Sokin, og‘ir, vazmin va muloyim bo‘l, faqat yaxshilik qilgin. 3.
Tilingdan yolg‘on chiqarma, bu yolg‘on qadringni tushiradi. 4. Qa- rindoshlarga,
yaqinlarga yaqinlik bog‘la, katta va kichikka
ochiq chehra bilan kulib boq. 5. Non-tuzingni keng tut, odamlarga yedir. 6.
Bilimlining so‘zi yerga suv kabi zarurdir, suv oqib tursa, yerda turli ne’matlar
unadi. 7. Donolar suvga serob yerga o‘xshaydilar, qayeriga oyoq bo- silsa, suv
chiqadi. 
Yusuf Xos Hojib hikmatlaridan 


 1. Odamlarga achchiq va dag‘al so‘zlamagin, dag‘allik misli olov, kuydirguvchi
yolqindir. (t-chi,hol,ega,kesim,aniq,kesim) 2. Sokin, og‘ir, vazmin va muloyim

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling