8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

Uyga vazifa  
46topshiriq. “Kim topqir?” musobaqasiga tayyorlaning. Hilm, muloyimlik
yumshoq ko`ngillilik haqida hikmatli so`z va maqollar toping, daftaringizga 
ko`chiring.  
 
47topshiriq. Berilgan izohlardan hilm, axloq, milh, xulq, qovog`ini solmoq, o`rlamoq, 
xomush bo`lmoq, kirdikor, o`zini bosmoq, langar, munofiq so‘zlarning ma’nosini 
aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: 1) so‘zi va amali bir 
bo‘lmagan kishi; 2) qirg‘oqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama; 3) hayajon 
holatida o‘zini tutmoq; 4) yashirib qilingan noto‘g‘ri ishlar; 5) g‘amgin holatga tushmoq; 
6) balandga ko‘tarilmoq; 7) achchiqlanib qoshini chimirib olmoq; 8) xulqning arab 
tilidagi ko‘plik shakli; 9) tuz; 10) kishining o‘zini tutishi, ma’naviy qiyofasi; 11) 
muloyimlik, halimlik. 
LUG`ATLAR IZOHI
Kirdikor-yashirib qilingan noto`g`ri ishlar 
o`zini bosmoq-hayajon holatda o`zini tutish 
hilm- muloyimlik, halimlik 
axloq-kishining o`zini tutishi, ma`naviy qiyofasi 
milh-o`zini bosmoq 
xulq-insonning ichki qiyofasi 
qovog`ini solmoq`-g`amgin holatga tushmoq 
o`rlamoq-baland ko`tarmoq 
munofiq- so‘zi va amali bir bo‘lmagan kishi;
langar- qirg‘oqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama;
o`rlamoq- balandga ko'tarilmoq; 
 
33-dars Nazorat ishi
Mavzulardan birini insho yozish uchun tanlang: 
1. «Vaqt — omad». 
2. «Inson umri — daryo suvi». 
3. «Qolgan ishga qor yog‘ar». 
4. «Ertalabgi vaqt — naqdgina baxt». 
Mavzuga reja tuzib, matn tayyorlang. So‘zlarni tanlashda ma’nodosh so‘zlar 
lug‘atidan foydalanishingiz mumkin.Maqol va hikmatlarni o ‘qing. Ulardan epigraf 
sifatida yoki
fikringizni dalillash uchun foydalaning. 
1. Barvaqt qilingan harakat hosilga berar barakat.


(Maqol) 
2. Kech boshlagan kechikar. (Maqol) 
3. Kechki ekinning xatari ko‘p. (Maqol) 
4. Vaqting ketdi — naqding ketdi. (Maqol) 
5. Vaqt g‘animat, o‘tsa nadomat. (Maqol) 
6. Vaqt tog‘ni, suv toshni yemirar. (Maqol) 
7. Vaqting kam bo‘lishini istasang, hech narsa qilma.
(Anton Chexov) 
8. «Shoshma-shosharlik yaxshi emas» degan naql burga tutishda qo‘l keladi, hatto
burgani tutishga erinadiganlar buni qo‘llab-quvvatlaydilar va rivojlantiradilar. (V 
italiy Korotich) 
Insho matnidan yozilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni ajrating, imlo lug‘atidan shu so‘zlarni
toping, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling