8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


bo‘l, faqat yaxshilik qilgin. –aniqlovchi, kesim,ega ,kesim 3


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

bo‘l, faqat yaxshilik qilgin. –aniqlovchi, kesim,ega ,kesim 3. Tilingdan yolg‘on
chiqarma, bu yolg‘on qadringni tushiradi. 4. Qa- rindoshlarga, yaqinlarga yaqinlik
bog‘la, katta va kichikka
ochiq chehra bilan kulib boq. 5. Non-tuzingni keng tut, odamlarga yedir. 6.
Bilimlining so‘zi yerga suv kabi zarurdir, suv oqib tursa, yerda turli ne’matlar
unadi. 7. Donolar suvga serob yerga o‘xshaydilar, qayeriga oyoq bo- silsa, suv
chiqadi. 
Yusuf Xos Hojib hikmatlaridan 
Bilib oling 
Bitta shakllangan kesimga ega bo‘lgan gap sodda gapdir. Sodda gapda to‘liq
shakllangan kesim bitta bo‘ladi. Ega va hol to‘g‘ridan to‘g‘ri kesimga bog‘lanadi.
Aniqlovchi ot bilan ifodalangan har qanday bo‘lakka bog‘lanaveradi. To‘ldiruvchi
esa fe’l bilan ifodalangan bo‘laklarga bog‘lanadi. 
87-mashq «Fazilatlar gultoji» mavzusida 5 gapdan iborat ikkita matn yarating.
Birinchi matn faqat ega, kesim va holli gaplardan tashkil topsin.
Men Buxoroda yashayman.Buxoroda yodgorliklar ko`p 
Keyingi matnda bu bo‘laklarni to`ldiruvchi va aniqlovchilar bilan kengaytiring. 
Savol va topshiriqlar 
1. Sodda gap deb nimaga aytiladi? 
2. Gap bo ‘laklarini sanang. 
3. Qaysi bo ‘lak to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri kesimga bog ‘lanadi ? 
4. Aniqlovchi va to ‘Idiruvchi qaysi bo ‘laklarga bog‘lanadi? 
Uyga vazifa 
56-topshiriq Matnni diqqat bilan o‘qing. Gap bo`laklarini aniqlab, tagiga chizing. 
OVCHI VA KAKLIK 
Bir ovchi kaklik tutib olibdi. (aniq,ega,to`l,kesim)Uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan ekan,
kaklik: «Meni ozodlikka qo‘yib yubor, — deb yalinibdi. — Agar meni tirik
qoldirsang, evaziga to‘ringga juda
ko‘p kakliklarni ilintirib beraman», — debdi. Ovchi kaklikni qo‘yib yuborishga
moyil bo‘lib turgan ekan, ammo uning gapini eshitgach g‘azablanib shartta
o‘ldiribdi. 
57-topshiriq Ovchining kaklikni o‘ldirganligi sababini toping. 
58-topshiriq. Quyida berilgan izohlardan ushbu so‘zlarning ma’nosini aniqlab, lug‘at 
daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling:

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling