to‘g‘risig‘a to‘xtab, bukilib ta’zim qildi. Xotinda hayajon va entikish holatlari bor edi.
Shuning uchun qo‘rboshining boyag‘i shubhasi yana kuchaydi, qushbegining ko‘zidan
yo‘qolib turish maqsadida o‘zini eshikning orqasiga olib, ketmay to‘xtadi.
Xotin
shoshilib kavshini yeshdi-da, eshik ostida nimanidir paranji ichidan oxtarindi.
Xotinning bu harakatiga tushunolmay ajablangan qushbegi:
− Ichkariga kirib arzingizni so‘zlang, opa, − dedi.
Xotin ichkariga kirdi va qushbegi oldig‘a borib, unga nimadir berdi-da, orqasig‘a qaytib,
eshik yonig‘a kelib turdi. Xotinning berib ketkan narsasi uch, to‘rt buklangan bir qog‘oz
edi. Qushbegi sekin-sekin qog‘oz taxtlarini ocha boshladi...
− Xudo rizosi uchun tezroq. Yo‘qsa... ikki gunohsizning qonlarig‘a botarsiz!
Xotinning bu so‘zidan a’yon bir-birlariga qarashdilar. Qushbegi tez-tez qog‘oz taxlarini
ochib bitirdi va yo‘g‘on qalam bilan yozilgan uzun bir maktubni o‘qumoqqa oldi.
Maktubni o‘qub chiqish uzoqqa cho‘zilg‘anliqdan nihoyatda toqatsizlashgan edi. Oxirda
qushbegi maktubning so‘ngrog‘ig‘a kelib to‘xtadi-da, chaqirdi:
− Pirmat, Pirmat!
Do'stlaringiz bilan baham: