6.Ajratilgan aniqlovchi qo'llangan gap qatorini toping.
A.Alisher Navoiy baytlari yuz mingdan ortiq.
B.Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy «Bahoriston»da saxovat va karamnikuylaydi.
S.Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» asari O'rta Osiyo turkiy
tillarining eng bebaho yodgorligidir. D. Yaproqlar sariq, qizg'ish oftobda tovlanardi.
7.Qaysi gapda kiritma qo'llangan?
A. Ko'z nurim - onam, oltin so'zim - onam! B. Tilning, hatto, tovush me'yorlari ham bizni o'qishga da'vat etadi.
S. Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog'ozlarining bosh belgilaridir. D.Badiiy asarlar o'ziga xos uslubda yoziladi.
8.Undalmali gap qatorini aniqlang.
A.Tilning umri uni yaratgan xalqning o'zidek uzoq bo'ladi. B.Til shirinligi ko'ngilga yoqimli, yumshoqligi foydali.
S.O'g'lim, ko'ngil ko'zday gap. D. Gavhar undi ona tuproqdan, Qutlug' bo'ldi muazzam bu yer.
9.Berilganlarning qaysi biri ushbu gapning davomi bo'ladi? Yozuvchi bu timsolni zo 'r samimiyat va otashin
A. Gap bilan tasvirlagan. B. Ehtiros bilan tasvirlagan.S. G'ayrat bilan tasvirlagan.D. G'amginlik bilan tasvirlagan.
10.Egasi yashiringan gapni aniqlang.
A. Tilning xizmat doirasi juda keng. B. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo'ladi.
S.Nutq yakka shaxs, juft shaxs orasida yuz beradi. D.Musobaqada, albatta, g'olib chiqamiz.
11.Qaysi qatorda shaxsi noma'lum gap berilgan?
A. Erta uyg'ongan quyosh nurli kipriklarini pirpiratih bosh ko'tarmoqda. B. Ko'chatni ko'pincha bahorda ekadilar,
S. O'rgilay elimdan, po'lat qalqondan. D. Oddiylik daholik alomatidir.
12.Atov gap berilgan qatorni aniqiang.
A.Til madaniyatimiz ko'zgusi. B.Mehnatdir hayotning zilol chashmasi.
S. Qo'shiq, san'atning bu turini sevmagan kim bor? D. Farzandni gulga, onani bo'stonga o'xshatadilar.
13.Umumlashtiruvchi so'z qo'llangan gap qatorini aniqiang.
A.Imtihon bilimni charxlaydi. B.Mehnat baxt keltirar.
S.Dono so'ziga bino qo'yar, nodan o'ziga. D. Mevali daraxtlar: o'rik, gilos gulladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |