8-sinf O`zbekiston tarixi I variant 2012-2013-o’quv yili


-sinf O`zbekiston tarixi V variant 2012-2013-o’quv yili


Download 49.34 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1618473
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf O`zbekiston tarixi (2)

8-sinf O`zbekiston tarixi V variant 2012-2013-o’quv yili
20-31 §§
1.Rus armiyasi zobiti N.Muravyov Xivada dastlab qanday masalani o`rgandi?
A)Xiva xonligi bilan savdo-sotiq ishlari qanday yo’lga qo`yilganligini
B)Xonliklarning o`zaro munosabatini C)Yovmutlarni Rossiya fuqaroligiga o`tkazishni
D)Yer osti boyliklarini o`zlashtirish ishlari qanday yo’lga qo`yilganligini
2.V.Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini …
A)Inglizlar bilan aloqasini kuchaytirdi B)Peterburg bilan kelishuv yo’lini axtarishga majbur etdi
C)Buxoro bilan yaqinlashishga majbur etdi D)Turkmanlar bilan kelishishga majbur etdi
3.Rossiya hukumati nima maqsadda G.Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi?
A)Xiva va turkmanlar aloqasini o`rganish maqsadida
B)Turkman yovmutlarini Rossiya fuqaroligiga ko`ndirish maqsadida
C)Xiva bilan savdo munosabatlarini tartibga solish maqsadida
D)Xiva xonligi bilan munosabatlarga aniqlik kiritish maqsadida
4.Xiva xonligi ma`muriy jihatdan 15 ta viloyatga bo’lingan. Quyidagilardan qaysi biri shu viloyatlarga kirmaydi?
A)Shohabbos B)Qo`ng`irot C)Urganch D)Xonobod
5.Qachon Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi?
A)XVIII asr boshlarida B)XVIII asr o`rtalarida C)XVIII asr oxirida D)XIX asr boshlarida
6.XX asr boshlariga Xiva xonligida yagona shoyi to`qish markazi qayer bo`lgan?
A)Xiva B)Urganch C)Ko`hna Urganch D)Xazorasp
7.Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan asarni aniqlang.
A)"Dasturul amal" B)"Tarixi muhojiron" C)"Muntaxab at-tavorix" D)"Tarixi Shohruhiy"
8.Muhammad Rahimxon 1 davrida xondan keyingi o’rinda ......turadigan bo'lib,u xonning birinchi yordamchisiga aylandi.
A)inoq B)mehtar C)devonbegi D)qushbegi
9.Xiva shahrini qayta tiklash ishlari tugallangandan 7 yil o’tib......
A)Orenburgdan Xivaga oftolmolo vrach Blankennagel taklif etilgan
B)Orolbo'yi o’zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olgan C)toshkentlik savdogarlar B.Ismoilov va Azizxjalar Irbit yarmarkasiga borishdi
D)o'zbeklar afg’onlarga qarshi yana qo’zg’olon ko’tardilar
10.Kim o’z asarlarida o’zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to'xlalib,o'zbeklarni "aql-idrokli,suhbati yoqimli va o’tkir,qatiyatli,matonatli,......"deb ta'riflagan.
A)Floriyo Beniveni B)G.Danilevskiy C)N.Vasilevskiy D)N.I.Muravyov
11.......davrida ayrim qoraqalpoq qabilalari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi ftiqoroligiga o’ta boshlagan.
A)Elbarsxon B)Muhammad Amin inoq C)Muhammad Rahimxon I D)Olloqulixon
12.XVIII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida ......dehqonchilik vohalari vujudgakeldi.
A)Qalliko'l,Kegayli B)Chimboy,Qo’ng’irot C)XojaylirMang’it D)Xonqa.Hozarasp
13.Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyon......dostonida ham aks ettirilgan.
A)"0mongeldi B)'"Oydo'stbiy" C)"Ernazarbiy" D)"Bo’zatov"
14.O'rta Osiyo memorchiligidagi "qo’sh"usuli......
A)inshoatlarni ro’parama-ro’para qurish usulidir B)binolarni yonma-yon qurish usulidir
C)binolarning minoralari juft qilib qurish usulidir D)inshoatlar ikki qavat qilib qurish " usulidir
15.Ichan qal'a darvozalari nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
A)Taxta,Polvon.Ohanin,Tosh B)Qo'qon,Samarqand.Ko’hna,Bosh C)Bog’che,Poivon.Tosh.Ota D)Shahri,Qo’sh,G’uncha,Bosh
16.Mushrifona qanday soliq turi bo’lgan?
A)mahalliy hukmdorga haq to’lash B)o'rmon yoki yaylov nazoratchisiga haq to’lash
C) ommaviy ishlarda qatnashishidan ozod etilgani uchun to’lanadigan soliq
D)hosilni tekshiruvchi va uning miqdorini aniqlovchi amaldorga haq to’lash
17.Berdaq qaysi she'rida yoshlarni mehnatkash xalq uchun jonini ayamaslikka chaqiradi?
A)"Yordam ber" B)"Avlodlar" C)"Bo’lgan emas" D)'"Xalq uchun"
18.Qachon Xivada"xonlar o’yini" deb nomlangan jarayon sodir bo’ldi?
A)XV asr oxiri XVI asr boshlarida B)XVI asr oxiri XVIIasr boshlarida
C)XVIIasr oxirlari XVIIIasr ortalarida D)XVIII asr davomida
19.Qaysi shahar mashhurligi u bunyod etilgan davrlardanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi?
A)Xiva B)To’rtko'l C)Ko’hna Urganch D)Kot
20.Qachon Ko’hna Urganch shahri mustahkam qal'a-devor bilan o’rab olindi?
A)X-XI asrlarda B)XI-XII asrlarda C)XIII asrlarda D)IX-X asrlarda
21.Ma"lumki V.Perovskiy harbiy ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.Lekin ekspeditsiya izsiz ketmay,u Xiva xonini......
A)Buxoro amirjigi bilr.n harbiy ittifoq tuzishiga olib keldi
B)Peterburg bilan kelishuv yo’llarini axtarishga majbur etdi
C)qozoq xortliklarilii Rossiya fuqorosi deb tan olishga majbur etdi
D)qoraqalpoqlarni mustaqil davlat sifatida tan olishiga olib keldi
22.O'rta Osiyoda XI-XVIII asrlarda hukm surgan sulolar saltanatida “maslahatchi", “vazir" ma'nosini anglatgan atamani toping,
A)qushbegi B)mextar C)inoq D)dodxoh
23.Xiva shahrining 2500 yilligini nishonlash haqida YUNESKO qarori qabul qilingandan o’n asr oldin bo’lgan voqeani aniqlang.
A)Ma'mun ibn Muhaminad o’zini Xorazrnshoh aeb e'lon qildi.
B)Qorahoniylar Movarounahrga dastlabki yurishini uyushtirdi
C)Buxoroda harbiy askarlaming g’alayoni ko’tarildi
D)Soraoniylar daviati amalda tugatildi
24.Ayrim olimlar kimning asarlarini yangi o'zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashadi?
A)Boburning B)Ogahiyning C)Abulg’ozixonning D)Umarxonning
25.X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga,Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishlariga majbur bo’lgan.Bunga..:
A)o'g’izlar va qipchoqlarning siquvi tazyiqi sabab bo’lgan
B)qarluqlar va qoraxoniylarning siquvi sabab bo’lgan,
C)jung'orlarning hujumi va qozoq xonligining parchalanishi sabab bo"lgan
D)Amudaryo o’z o’zanini o’zgartirishi va yangi yerlarga talabning o’sishi sabab bolgan
26.Quyidagilardan Rossiya va Xiva xonligi o’rtasida yaxshi qo’shnichilik munosabatiarining qaror topishiga to’sqinlik qilgan omillarni aniqlang.
1 )Xiva xonligining Angliya bilan imtiyozii savdo shartnomalari imzolaganligi
2)savdo karvonlariga hujum qilish xavfining mavjudligi
3)har ikki taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o’z fuqorolari deb hisoblashlari
4)har ikki tomonning o’zoro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida bir to’xtamga kela olmaganligi .
5)Rossiyaning xonlikning azaliy raqibi bo’lgan Buxoro amirligi bilan yaxshi munosabat o’rnatganligi
A) 1,2.3 B)2.4.5 B)1,3.5 D)2,3,4
27.Turkchada ishonch ma’nosini anglatuvchi lavozimni aniqlang.
A)qushbegi B)mextar C)inoq D)dodxoh
28.Qoraqalpoqlarda ovul boshlang’ich ma'muriy bo'g'in bo'lib.ularning butun hayotiga ......rahbarlik qilardi
A)Inoqlar kengashi. B)Oqsoqollar kengashi C)xon noyibi D)ruhoniylar hayati
29.Qoraqalpoq savdo ahli Sharq va G’arb mamlakatlari savdogarlari bilan muloqatda bo'lganlar.Sharqdan G’arbga boruvchi savdogarlar uchun Qoraqalpoqlar tayyorlagan ......xaridorgir edi.
A)egar-jabduq buyunilari B)tuya junidan bo’lgan movut
C)uy-ro’g’or buyumlari D)tuzlangan baliq mahsulotlari
30."Shajarayi turk"asarining IX bobi......
l)Xivaning 1510-1673-yilIar oralig’idagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan;
2)Xivaning XVI asr davomidagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan;
3)Xiva-Buxoro munosabatiariga bag’ishlarigan;
4)Xivaning 1512-1663-yillar oralig’idagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan;
5)Xiva-Qo’qon munosabatlariga,ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga bagishlangan;
A)l,2,5 B)l,3 C)3,4 D)2,4
31.Qaysi hukmdorlar davrida Ichan qal’ada keng ko’lamli yaratuvchilik ishlari olib borildi?
1.Abulg’ozixon 2.Muhammad Rahimxon 3.Sherg’ozixon 4.Ollohqulixon 5.Eltuzarxon
6. Muhammad Aminxon A)1,3,5 B)2,4,6 S)2,3,4 D)1,4,6
32. No’gay xonligi qachon 3 qismga bo’linib ketdi ?
A) XVI asrning II yarmi S) XV asrning oxiri
B)XVII asrning boshlari D) XVI asrning I yarmi
33. Qaysi Xiva xoni turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan ?
A)Muhammad Rahimxon I B)Muhammad Amin S)Abulg’ozixon D)Elbarsxon
34Abdulla boshchiligidagi qo’zg’alon kimga qarshi ko’tariladi?
A)Nodirshohga B)Avaneshxonga S)Qoraboyxonga D)Muhammad Rahimxonga
35. Quyidagilardan qaysi biri “Majburiyatlar akti”da nazarda tutilmagan?
A)Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi
B)Xivada Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash
S)Xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish
D)Savdo karvonlarining talanishiga yo’l qo’ymaslik
36.Berdaq qaysi she’rlarida mehnatkash xalqning o’g’ir hayoti aks etib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan?
A)”O’g’limga”, “Ahmoq bo’lma” B)”Bo’lgan emas”, “Umrim”
S)”Xalq uchun” , “Avlodlar” D)”Omongeldi”, “Ernazarbiy”


Download 49.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling