8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet30/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

8-o’zbek 24-mavzu majburiylarga
****XVIII asrning 60-yillaridan boshlab Xiva xonligida hokimiyatni qo‘ng‘irot qabilasi o‘z qo‘liga ola boshladi. *Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko‘tarildi. U turkman qabilalariga qarshi kurash olib bordi. Biroq dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoro amirligiga — Doniyolbiy otaliq huzuriga ketdi.
****Buxoro amirligi madadiga tayangan Muhammad Amin inoq 1770-yilda Buxorodan qaytib keldi va turkman
qabilasini Xivadan quvib chiqardi va Xiva xonligida hokimiyat uning qo‘liga o‘tdi.
****Shu tariqa, 1770-yilda xonlikda qo‘ng‘irotlar sulolasining hukmronligi o‘rnatildi. (1512 yildan 1770
yilgacha shayboniylar (arabshohiylar ham deb atalgan) hukmronlik qilgan)
****Muhammad Amin (1770-1790) ham, uning o‘g‘li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqardilar.
****Faqat Avazning o‘g‘li Eltuzar 1804-yilda o‘zini xon deb e’lon qildi. Bu sana xonlik tarixiga qo‘ng‘irotlar
sulolasi hukmronligi rasman o‘rnatilgan sana sifatida kirdi. Sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qildi. ****Eltuzarxon 1806-yilda Xiva-Buxoro urushida (Jang Amudaryo bo’yida bo’lgan) halok bo’ldi
****Eltuzarxon vafot etgach, taxtga uning ukasi Muhammad Rahimxon I o‘tirdi.
****Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Chunki Rossiya tomonidan mustahkamlangan Orenburg liniyasining paydo bo‘lishi Xiva xonligiga bevosita tahdid solmoqda edi.
**** Yovmut qabilasi Rahimxon I ga bo’ysunishni xohlamay Xurosonga ko‘chib ketdi. Biroq Eron
hukumatining tazyiqi ostida hamda yaylov maydoni yo‘qligi natijasida yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldilar. ****Muhammad Rahimxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan „xon navkarlari“ deb atalgan muntazam
qo‘shinga tayanib yirik zodagonlar va Orolbo‘yi o'zbeklari qarshiligini sindirdi. 1811- уilda esa qoraqalpoqlar
ham bo‘ysunishga majbur etildi.
**** Rahimxon I davrida 1809-yilda tilla tangalar zarb etish yo‘lga qo‘yildi. *Davlat boshqaruvi sohasida o‘tkazilgan islohotga ko‘ra, xon huzurida yuqori boshqaruv organi - Oliy Kengash ta’sis etildi. *Oliy Kengash majlisi haftada bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan. *Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish uchun Kichik Kengash ham ta’sis etildi. *Muhammad Rahimxon I mamlakatda ichkilikni taqiqladi.
****Muhammad Rahimxon I 1825-yilda vafot etgach taxtni o’g’li Olloqulixon egalladi. (1825-1842). *Olloqulixon davrida Arabxon va Muhammad Amin inoq madrasalari qaytadan qurildi. *111 xona va bo‘lmali Toshhovli (Olloqulixon) saroyi bunyod ettirdi. *Uning davrida koshinkorlik san’ati yuksak cho’qqiga chiqdi. Bu san’at, ayniqsa, Pahlavon Mahmud maqbarasi va Ko‘hna arkni koshin bilan bezatishda o‘zining yorqin ifodasini topdi. *Shuningdek, Xiva shahri aholisining xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6250 metrli tashqi qal’a(Dishan qal’a) qurildi. *U 1842-yilda vafot etdi va hayotligida tayyorlab qo‘ygan Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etildi



Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling