8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet28/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

8-o’zbek 22-mavzu majburiylarga
****Xorazm Shayboniyxon hujumi arafasida temuriy Sulton Husayn Boyqaro hukmdor bo’lgan Xuroson davlati tasarrufida edi. Husayn Boyqaro Xorazmga qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So’fini noib etib tayinlagan. ****1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukraronligiga qarshi kurash boshladi.
****Bu kurashga Vazir shahrining qozisi Umar qori rahbarlik qildi. U xorazmliklami safaviylarga qarshi
kurashga da’vat etdi. *Xorazm xalqini mustaqillik uchun kurashga ko‘tarishda Sayid Hisomiddin qattol ham katta rol o‘ynadi.
****Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi Shaybon avlodidan bo‘lgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni taklif etdilar. *Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo‘lsa-da, bir-biriga dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansuh Berka Sultonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan biri edi.
****Elbarsxon 1512- yilda Xorazm taxtiga o‘tqazildi. Shu tariqa Xiva xonligi tashkil topdi. Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko‘chirildi.
****Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga
,,g‘ozi“ laqabini qo‘shib aytishni buyurdi.
**** Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1512 yildan 1770-yilgacha davom etdi. *Xiva shayboniylari Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo'lgan Arabshoh ibn Po'lodning avlodlari bo‘lganligi uchun arabshohiylar deb ham ataladilar.
****Buxoro xoni Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini bo‘ysundirdi. Ubaydullaxon o‘g‘li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi.
****Buxoro xoni Abdullaxon II Xiva xonligini bir necha bor, 1598-yilda esa uzil-kesil bo‘ysundirgan.



Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling