8-sinf o’zbekiston tarixi Mavzu: XV asr oxiri –xviasr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat Darsning ta’limiy maqsadi
Download 244.49 Kb.
|
8 o‘z tarix dars ishlanma @Tohirjon86
IV.Yangi mavzu bayoni: Shayboniylar Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni egallagach, Dashti Qipchoqda yashovchi, o’zlariga „o’zbeklar" degan nomni qabul qilgan turkiy urug’qabilalar Movarounnahrga kirib keldilar.
Bu hol Vatanimiz hududidagi etnik jarayonga ta'sir etmay qolmadi. Qadimqadimdan turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki, shu bilan birga, keng sharqiy va shimoliy hududlarda, jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. O’zbeklar va qoraqalpoqlar hozir yashayotgan yerlarda qadim zamonlarda ham yashaganlar. Lekin ular u davrda o’zbeklar yoki qoraqalpoqlar deb atalmagan. Dashti Qipchoqni XIII asr boshida zabt etgan mo’g’illar Dashti Qipchoqning turk qabilalari orasida singib ketgan. Hatto o’z milliyligini ham yo’qotgan. Binobarin, XVI asr boshlarida Vatanimiz sarhadlarida ro’y bergan etnik o’zgarishlar, ajnabiy xalqlaru elatlar bosqini orqasida yuz bermadi. Shuningdek, bu jarayonlar majburiy, zo’rlik asosida ham kechmadi. Aksincha, bu o’zgarishlar birbirlari bilan qonqardoshlik rishtalari ila bog’langan, azaldan turli aloqalarda bo’lib kelgan turkiy xalqlarning asta sekin o’zaro qo’shilishi, birikishi davomida yuz berdi. To’g’ri, Dashti Qipchoqda yashovchi o’zbek urug’qabilalari bilan Movarounnahr va Xuroson xalqi o’rtasida hamma vaqt ham doimiy aloqalar, bordikeldilar bo’lmagan. Ularni katta masofadagi bo’sh, sahroli hududlar ajratib turgan. Shu bois ularning turmush tarzi, mashg’ulot turlari, kasbkorlari, urfodatlari, udumlari boshqacha ko’rinishda bo’lganligi tabiiydir. Buning ustiga, Dashti Qipchoq aholisining aksariyat qismi keng yaylovlarda chorvachilik, yilqichilik bilan mashg’ul bo’lgan. Buning aksicha, Movarounnahr aholisi uzoq asrlar davomida o’troq hayotga o’rganib, ona zamin hududida muqim yashab kelgan. Dashti Qipchoqdan kirib kelgan mang’it, qo’ng’irot, nayman, uyg’ur, do’rmon, kenagas, yuz, ming, baxrin va boshqa turkiy elatlar mahalliy qardoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashdilar. Ular o’troq hayotga moslashib, turmush tarziga xoshamma eng yaxshi narsalarni o’zlariga qabul qilib, astasekin tub joy aholi tarkibiga singib bordilar. Natijada ular mahalliy qardoshlari bilan qorishib, ma'nan yuksalib bordilar. Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 o’zbek urug’lari nafaqat O’zbekiston hududida, balki butun Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 o’zbek urug’lariga Markaziy Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan tub yerli aholi, miloddan avvalgi birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida, milodimizning birinchi ming yilligi davomida, mo’gillar istilosi davrida hamda shayboniylar davrida kirib kelgan etnik guruhlar ham kiradl Shuningdek, Markaziy Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigil, yag’mo, usun, tuxsi, xalach, qipchoq va turkmanla. kabi etnik guruhlar ham garchi X—XII asrlardan va undan keyingi davrlarda bu yerda o’rnashganliklariga qaramasdan, 92 o’zbek elati tarkibiga kirgan. „O’zbek" atamasi haqida. „O’zbek" atamasi haqida hozircha „O’zbekiston tarixi" fanida yakdil xulosa yo’q. Ayrim muallifla Dashti Qipchoqda ko’chib yurgan turkmo’g’il qabilalariningj bir qismi o’zlarini erkin tutganliklari sababli „o’zbek", ya'nl „o’zo’ziga bek, xo’jayin" deb atagan desalar, boshqalari „o’zbek" etnonimini Oltin o’rda xoni O’zbekxon (XIV asr) nomi bilan bog’laydilar. Boshqa yana bir guruh olimlar esa Oq o’rda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da yashagan turkmo’g’il qabilalariga „o’zbeklar" degan nom berilgan, dega fikrni bildiradilar. „o’zbek" atamasi o’g’iz qabilalari tarkibida „o’z" urug’i nomidan olingan, degan fikrlar ham mavjud. Hozircha anig’i shuki, Shayboniyxon boshchiligida Dashti Qipchoqdagi o’zlariga „o’zbek" degan nomni qabul qilgan qabilalar ikki daryo oralig’idagi yerlarga ko’chib kelgach, Movarounnahrning qadimiy xalqi ham „o’zbek" atamasini qabul qildi. „o’zbek" atamasi aholining umumiy nomiga aylandi, xolos. Temuriylar saltanati o’rnida dastlab, XVI asr boshlarida Buxoro va Xiva xonliklarining, XVIII asr boshlarida esa Qo’qo xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy zaminda yashagan xalqlar uch davlat tasarruftga tushib qoldilar. Biroq bu holat o’zbek xalqi birligiga jiddiy putur yetkaza olmagan. Bu davlatlar tarkibidagi aholi o’zaro doimiy etnik, iqtisodiy va ma'naviymadaniy aloqada bo’lgan. O’zbek xalqining ajdodlari azaldan o’troq xalq bo’lgan.O’zbek davlatchiligi tarixi Misr, Hindiston, Yunoniston va Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda luradi. Download 244.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling