№8. Termo- mexanik va mexanik payvandlash
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Termo-mexanik va mexanik payvandlash sinfi
MA’RUZA MAVZUSI №8. Termo- mexanik va mexanik payvandlash. Reja: 1. Uchma-uch payvandlash 2. Nuqtaviy payvandlash 3. Rolikaviy payvandlash . 4. Ishqalab payvandlash . 5. Ultratovushaviy payvandlash. 6.Diffuzion payvandlash 7. Qoplash (naplavka), Metallash (metalizatsiya) Uchma-uch payvandlash Metallarni uchma-uch payvandlashning ikki usuli bo‘lib, bulardan biri zagotovkaning qarshiligi xisobiga chetlarini suyuqlantirmay olib boriladi, ikkinchisida yuzalarni suyuqlantirib olib boriladi.Suyuqlantirmay payvandlashda payvandlanadigan yuzalar oksidlardan tozalangach, mos qilib tekislanib qisqichlarning supportlarini surish yo‘li bilan zagotovka yuzalari bir-biriga P kuch bilan yaxshi kontaktga erishguncha qisilib, so‘ngra tok yuboriladi. Kontaktga erishguncha qisilib, so‘ngra tok yuboriladi. Kontakt yuzalar qizib, yuqori plastik xolatga kelgach, tok yuborish tuxtatilib, zaruriy bosim berib zagotovkalar payvandlanadi. Bu usuldan sanoatda po‘lat va ba’zi rangli metallar qotishmalaridan olingan (ko‘ndalang kesimi 100 mm 2 gacha bo‘lgan) sim, chiviq, yupqa trubalar va shu kabi buyumlarni payvandlashda foydalaniladi. Suyuqlantirib payvandlash yuqorida tanishilgan usulga o‘xshash bo‘lib, bu yerda zagotovkalarning toretslari bir-biriga yaqinlashtirilib, ma’lum zazor qoldirilgach tok yuborilib, ularning uchlari bir-biriga tekkuncha yaqinlashtiriladida, tezda ajratiladi, natijada zagotovka toretslarida yoy razryadlari hosil bo‘ladi. Zagotovka toretslari bir necha bor yaqinlashtirilib va ajratilganda kontaktda metalning qizishi tufayli yangi-yangi kontakt nuqtalar hosil bo‘la boradi, nixoyat kontakt yuza metall bir tekisda suyuqlangandagina zudlik bilan zagotovkalarning bir-biriga siqiladida, tok berish to‘xtatiladi. Natijada puxta birikma olinadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling