№8. Termo- mexanik va mexanik payvandlash


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana31.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1312216
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Termo-mexanik va mexanik payvandlash sinfi

 
 Ishqalab payvandlash 


 Ishqalab payvandlashda payvandlanadigan yuza o‘zaro siljitiladi, 
bosim kuchi ta’sir ettiriladi va qisqa vaqt qizdiriladi. 

Payvand yuzalar siljitib ishqalanishi natijasida sarf bo‘lgan ish 
issiqlik energiyasiga aylanib, ishqalanayotgan yuzani juda tezlik 
bilan qizdirib boradi. 

Zagotovkalarni payvandlanayotgan yuzalari o‘zaro bir biriga 
nisbatan aylanadi yoki ilgarilanma qaytma xarakat qiladi. 

Yuzalarni qizishi va bosim kuchi ta’sirida plastik 
deformatsiyalanadi. Zagotovkadagi payvand birikma toza metall 
yuzalarini birikishidan hosil bo‘ladi. Yuzadagi oksid plyonkalari 
ishqalanish va radial kuchlar ta’sirida yuqotiladi. 

Ishqalab payvandlashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar xisoblanadi. 
Payvandlanayotgan yuzani o‘zaro siljish tezligi qizitish vaqti, bosim 
kuchi, plastik deformatsiyalanishi, ya’ni cho‘ktirish qiymati. 


 

Sifatli birikma hosil qilish uchun yoyni 
tezlik bilan to‘xtatib katta qiymatli kuch ta’sir etish 
kerak. Ishqalab payvandlashni rejimi 
payvandlanayotgan materialni xossasiga, uning 
yuzasining qiymatiga va shakliga bog‘liqdir. Ishqalab 
payvandlash yordamida bir tarkibli va turli tarkibli 
metall va qotishmalarni payvandlash mumkin, misol: 
misni po‘lat bilan, alyuminiyni titan bilan va 
boshqalar. Sanoatda ishqalab payvandlash kesuvchi 
asboblarni tayyorlashda, turli vallarni, shtoklarni 
porshenlar bilan, puansonlarni va shunga 
o‘xshashlarni. Bu usul bilan payvandlashda kontaktli 
payvandlashga nisbatan sarf bo‘ladigan energiyani 
qiymati 5-10 marta kam sarf bo‘ladi. 


 
Ultratovushaviy payvandlash. 

Ultrotovushaviy payvandlashda bosim kuchi, 
qizdirish va payvandlanayotgan yuzani o‘zaro 
ishqalab payvandlash bajariladi. 

Ishqalanish kuchi o‘q bo‘yicha ta’sir etuvchi P 
kuchi, ultrotovush chastotali mexanik tulqin orqali 
sodir bo‘ladi. Mexanikaviy to‘lqin hosil qilish uchun 
magnitostiktsion effekt ta’sirida ayrim metallarni 
o‘lchamini o‘zgarishidan foydalaniladi. Materiallarni 
magnitostiktsion effekt yordamida o‘lchamni 
o‘zgarishi juda kichik, uning qiymatini oshirish va 
energiyani bir yerga yig‘ish uchun to’lqin
yo‘nalishlaridan foydalaniladi. 

Bu usul bilan qalinligi 1 mm dan 0,001 mm gacha 
bo‘lgan falga, listlarni payvandlash mumkin. 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling