№8. Termo- mexanik va mexanik payvandlash
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Termo-mexanik va mexanik payvandlash sinfi
Nuqtaviy payvandlash Odatda bu usulda list materiallarini payvandlash bajarilib qalinligi 0,5mm oralig‘ida bo‘ladi. Payvandlanadigan listlar qo‘zg‘almas pastki elektrodga ustma- ust quyilib, ustki elektrod list ustiga tushirilib bir oz siqilgach, tok yuboriladi. Bunda elektrodlardan tok o‘tishida ajralgan issiqlik xisobiga listlarning elektrodlar ostidagi kontakt joylari yuqori plastik xolatigacha, kontakt markazlari esa suyuqlanguncha qiziganda bosim berib payvandlanadi. Payvandlash tugagach ustki elektrod ko‘tarilib, listlarning payvndlanadigan yangi nuqtasini elektrod tagiga surib protsess yana takrorlanadi. Payvandlash protsessida sifatli payvand nuqtaga erishish uchun payvandlashni boshlashdan avval biriktiriladigan joylar oksid pardalardan yaxshilab tozalanib, keyin esa ularni payvandlash mashinasi elektrodlari oralig‘iga yaxshi kontaktda bo‘ladigan darajaga kelguncha siqiladida zanjir tok yuboriladi. Siqilgan zagotovkalar ma’lum vaqt tok ostida bo‘lgach, so‘ngra tok yuborish to‘xtatilib, bosim ham olinadi. Payvandlash operatsiyasini bajarilish ketma ketligining grafikaviy ifodasi kontakt mashinaning normal sikli deyiladi. Bu siklga ko‘ra ma’lum payvand nuqta strukturasini yaxshilash uchun, tok zanjirini uzushdan avval bosimni bir oz oshirish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling