Auditor fikr hosil qilishi va hisobot (xulosa) taqdim etishda koʻrib chiqiladigan masalalar
Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlardan ularni taqdim etish uchun belgilangan maqsadlardan tashqari, boshqa maqsadlarda ham foydalanilishi mumkin. Masalan, tartibga soluvchi organ muayyan tadbirkorlik subyektlaridan oʻzining maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlarini eʼlon qilishni talab etishi mumkin
Anglashilmovchiliklar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun auditor auditorlik hisobotlari (xulosalari)dan foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlar maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangani va, binobarin, boshqa maqsadlar uchun mos kelmasligi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar beradi.
Foydalanuvchilarni ogohlantirish toʻgʻrisidagi talabga qoʻshimcha ravishda auditor auditorlik hisoboti (xulosasi) faqat muayyan foydalanuvchilar uchun moʻljallanganini koʻrsatib oʻtish zarur, deb hisoblashi mumkin
Muayyan yurisdiksiya qonunchiligi yoki meʼyoriy hujjatlariga qarab bunga auditorlik hisoboti (xulosasi)ni tarqatish yoki ulardan foydalanishga nisbatan cheklashlar belgilash yoʻli bilan erishish mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |