800-son axs maxsus maqsadli asoslarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditi


Auditni rejalashtirish va oʻtkazishda koʻrib chiqiladigan masalalar


Download 0.61 Mb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1614308
1   2   3
Bog'liq
Audit 800-son AXS

Auditni rejalashtirish va oʻtkazishda koʻrib chiqiladigan masalalar

  • AXS 200 auditor (a) moliyaviy hisobotlar auditi boʻyicha kelishuvlarga tatbiq etiladigan tegishli axloqiy talablarni, shu jumladan mustaqillikka qoʻyiladigan talablarni va (b) audit uchun oʻrinli boʻlgan barcha AXS talablarini bajarishini talab qiladi. Shuningdek u, yuzaga kelgan audit vaziyatida butun AXS oʻrinli boʻlmagan yoki talab shartli hisoblangani, shart esa mavjud boʻlmagani tufayli talab oʻrinli hisoblanmagan hollarni istisno qilganda, auditor AXSning har bir talabini bajarishini ham talab etadi. Istisnoli vaziyatlarda auditor AXSning tegishli talabidan chetga chiqish zarur, degan xulosaga kelishi mumkin, bunda auditor mazkur talab maqsadiga erishish uchun muqobil auditorlik tartib-taomillarini bajarishi lozim
  • Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar auditini oʻtkazishda AXS ayrim talablarini qoʻllash auditor tomonidan alohida tahlil oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Masalan, AXS 320 da moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun oʻrinli hisoblanadigan masalalar xususida mulohazalar guruh sifatidagi foydalanuvchilarning moliyaviy maʼlumotlarga boʻlgan umumiy ehtiyojlari tahlili natijalariga asoslanadi. Biroq, maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar auditi bilan bogʻliq holda, mazkur mulohazalar maqsadli foydalanuvchilarning moliyaviy maʼlumotlarga boʻlgan ehtiyojlari tahlili natijalariga asoslanadi.

AXS 700 da auditorlik hisoboti (xulosasi)ning shakli va mazmuni koʻrib chiqiladi. Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik hisoboti (xulosasi) bilan bogʻliq holda
Auditorlik hisoboti (xulosasi)da moliyaviy hisobotlarni tayyorlash maqsadi va, zarur holda, nazarda tutilayotgan foydalanuvchilar ham tavsiflanishi yoki maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlarga kiritilgan, mazkur maʼlumotlar ifodalangan izohga havola etilishi lozim
Agar tadbirkorlik subyekti rahbariyati moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda mazkur moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini tanlashi mumkin boʻlsa, moliyaviy hisobotlarga nisbatan tadbirkorlik subyekti rahbariyati javobgarligining tavsifida ham uning moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qoʻllaniladigan asosi mazkur vaziyatda maqbul hisoblanishini aniqlash majburiyatiga havola etilishi lozim

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling