800-son axs maxsus maqsadli asoslarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditi
Download 0.61 Mb.
|
Audit 800-son AXS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus maqsadli asoslarga misollar
- Foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlar maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangani toʻgʻrisida maʼlumot berish
800-son AXS Bajardi:I-51 guruh talabasi Mo’minov Diyorbek 800-son AXS - MAXSUS MAQSADLI ASOSLARGA MUVOFIQ TAYYORLANGAN MOLIYAVIY HISOBOTLAR AUDITIMaxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar – Maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar.Maxsus maqsadli asos – Muayyan foydalanuvchilarning moliyaviy maʼlumotlarga boʻlgan talablarini qondirish uchun moʻljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish asosi – moliyaviy hisobotni haqqoniy taqdim etish asosi yoki muvofiqlik asosi boʻlishi mumkin.Auditning Xalqaro Standartlarini maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditiga nisbatan qoʻllashda auditorning maqsadlari quyidagi hollarda dolzarb ahamiyat kasb etadigan maxsus masalalarni tegishli ravishda hisobga olishdan iboratdir Kelishuvni qabul qilishda Mazkur kelishuvni rejalashtirish va bajarishda Auditor fikr hosil qilishi va hisobot (xulosa) taqdim etishda Maxsus maqsadli asoslarga misollarTadbirkorlik subyektining soliq deklaratsiyasiga ilova qilinadigan moliyaviy hisobotlar toʻplami uchun soliq hisobini yuritish bazasi Tadbirkorlik subyekti kreditorlar uchun tayyorlashi talab etilishi mumkin boʻlgan pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobini yuritish kassa usuliga asoslangan hisob yuritish asosi Tartibga soluvchi organ tomonidan mazkur tartibga soluvchi organ talablari bajarilishiga erishish maqsadida belgilangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash toʻgʻrisidagi qoidalar Shartnomada, xususan obligatsiyalar chiqarish uchun shartnoma, qarz shartnomasi yoki loyiha uchun grantda belgilangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash toʻgʻrisidagi qoidalar Foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlar maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangani toʻgʻrisida maʼlumot berishMaxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik hisoboti (xulosasi) auditorlik hisoboti (xulosasi) foydalanuvchilariga moliyaviy hisobotlar maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangani va buning natijasida moliyaviy hisobotlar boshqa maqsadlarga mos kelmasligi toʻgʻrisida maʼlumot beradigan tushuntirish paragrafini oʻz ichiga olishi lozim. Auditor bu paragrafni tegishli sarlavha ostida kiritishi lozimAXS 200 auditor Auditning Xalqaro Standartlarining audit uchun oʻrinli boʻlgan barcha talablarini bajarishini talab qiladi. Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish va oʻtkazishda auditor AXSni qoʻllash kelishuv shartlarida maxsus koʻrib chiqishni talab etishi yoki talab etmasligini aniqlashi lozim Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditor fikr hosil qilishi va auditorlik hisoboti (xulosasi)ni taqdim etishda auditor AXS 700 talablarini qoʻllashi lozim. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling