8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 0.77 Mb.
bet140/239
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#243055
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   239
Bog'liq
8-adabiyot 2019 tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.

2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

CHINOR (Romandan parcha)

...Mehmonxona tez topildi: chiroqlar ko‘proq tomonga yurishgan edi, katta chorrahadan chiqishdi, undan sal narida ikki qavatli jo‘ngina mehmonxonaning viveskasi ko‘rinib turardi.

Navbatchi, xushmuomalagina, uyqusiragan bir kampir, ularni yo‘lakning narigi boshidagi katta xonaga joylashtirib, choy damlash uchun objo‘shni qayerdan olishni ham ko‘rsatib qo‘ydi. Yaxshi uyqubop joy ekan. Bir qavatli derazadan uzoqdagi tog‘ daryosi Shodasoyning bir me’yorda shovullashi eshitilib turibdi.

- Mana, — dedi o‘z ko‘nglini o‘zi ko‘tarib Ochil buva, -shukur, yetib keldik. Bemalol dam olaylik. Akbaralini bo‘lsa ertaga topib olamiz, hech qayoqqa ketmaydi. - U etigini yechib, odaticha karavotga chiqib chordana qurdi. Shunday bir o‘tirib soqolini tutamlab chapga buramasa nafas rostlaganday bo‘lmas edi. — Lekin muzey eshigini qoqqanimiz qiziq bo‘ldi, - dedi u yana, — shahar juda ham o‘zgarib ketibdi-da, a?..

Charchagan Azimjon yelkasini qisdi. U qo‘l yuvgach, qiyig‘ini stolga yozib, non sindirdi, xurjunni yoniga tortib kovlashtira boshladi. Ochil buva nafas rostlagach, tunuka choynakni olib, choy damlagani chiqdi.

«Kubovaya» deb yozilgan xonani ochsa, hammomdagidek issiq hovur gup etib yuziga urdi, burchakda katta bak sharaqlab qaynab yotar edi. Ochil buva choyni achchiqqina qilib damlab, orqasiga qarasa, bir odam qaynoq suv olmoqchi bo‘lib piyola tutib turibdi.

Choy quyib bera qolay, — dedi.

Suv ham bo‘ladi, dori ichmoqchi edim, - dedi haligi odam. Ochil buva uning yuziga qaramadi, bug‘ ichida ko‘rib ham bo‘lmasdi.

Choy yaxshi, tuting piyolangizni, savobtalab odammiz, -to‘latib quyib berdi, choyning xushbo‘y hidi dimoqqa urildi.

— Rahmat,-dedi notanish odam.

Ochil buva choynagini ko‘tarib yo‘lakka chiqqanda, haligi odamning tovushi qulog‘iga tanishdek tuyulib, to‘xtab qoldi. Qaytib kirmoqchi edi, u odamning o‘zi chiqib, lim-lim to‘la piyolasiga tikilgancha yonidan o‘tib ketdi. O‘tib ketdi-yu, nariroqqa borib u ham to‘xtadi. Lekin orqasiga qayrilib qaramadi, cholning to‘xtab turganini sezgan edi.

Menga qarang, bolam, — dedi Ochil buva u tomon yurib, u odam ham o‘girildi. Ochil buva shundoqqina ro‘parasiga borib to‘xtadi. Ular bir-birlarining yuzlariga tikilib qolishdi.

Sen... — dedi Ochil buva sekin, undan ko‘z uzmagan holda egilib, issiq choynakni yoniga, poyandozga qo‘ydi. Yana tikilib qolishdi. Yo‘lakning u boshidagi chiroq ularning yuzlarini xira yoritar edi.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling