3-misrada sanamning qaysarligi (≪xudroyliq≫, ya’ni o'/boshimchalik qilgani) aytiladi (≪U shunchalik qaysarlikqildiki...≫).
4- misradagi ≪bormog‘in≫ so‘zi ≪barmog‘ini≫ degan ma'noda qo‘llangan (≪Aql bundan hayratlanib, barmog‘inilishladi≫).
Tilimizda ≪barmoqni tishlamoq≫ degan ajoyib ibora ln>r. Odatda, iboraning ma’nosi bir so‘zga teng kelishi kemk. Bu ibora ≪hayratianmoq≫ degan ma’noning ta’sirchan tlodasi sifatida ishlatiladi. Ayon bo‘lyaptiki, o ‘sha Navoiy yashagan XV asrda ham mazkur ibora mavjud ekan.
Shuni ham o‘quvchilarimizga eslatib ketishimiz kerakki, u davrdagi arab yozuviga asoslangan eski o’zbek alilbosida ≪bormagin≫, ≪bormog‘in≫ va ≪barmog‘in≫ so‘zluri aynan bir xil harflar bilan bitilgan. Shundan tajnis hosil qilingan.
Shoiming yuksak badiiy mahorati shundaki, o‘zaro slmkldosh, ya’ni ohang jihatidan aynan bir xil so‘zlami luyuq qofiyalariga olish orqali kitobxon ong-tafakkuri va ruhida ajib bir badiiy-tabiiy (badiiy-estetik) kayfiyat nyg‘ota olgan.
Tuyuqning 3- va 4- misralarida aql mavhum tushunchasi jonlantirilgan. Aslida, odam hayratdan barmog‘ini lishlaydi. Bu asarda esa mazkur harakat aqlga tegishli qilib lasvirlangan. Bunda ham shoiming xalq tilidagi tabiiylikka lioya qilgani ko‘rinadi. Chunki tilimizda: ≪Aqlim lol qoldi
≫, - degan ibora ham bor-ku. Holbuki, bunda ham o‘sha so‘zlayotgan shaxsning o‘zi lol qolgani tushuniladi. Faqat bu ish-harakat aqlga ko‘chirilgan holda ifodalanyapti. Tuyuq, aslida, ana shu lisoniy go‘zallik asosiga qurilgan. Lekin unda zimdan sanamning qaysarligi, gapga kirmagani qoralanayotganini sezish qiyin emas. Aql bundan hayratlanib, barmog‘ini tishlagani bayonida esa bilinarbilinmas
tarzda: ≪Birovning jo ‘yali maslahatiga kirmay, qaysarlik qilish ham aqldan emas≫, - degan g ‘oya ilgari surilayotganiga ham shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |