9-§. Elektr toki haqida tushuncha


-rasm. Aravachaning tekis harakati Tekis harakat


Download 201.67 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi201.67 Kb.
#1542499
1   2   3   4   5
Bog'liq
dars

25-rasm. Aravachaning tekis harakati


Tekis harakat

Jismning mexanik harakatini tahlil qilish uchun quyidagi tajribani o‘tkazaylik. Aravachaga 24-rasmda ko‘rsatilganidek tomizg‘ich­ o‘rnatilgan bo‘lsin. Bir xil vaqt oralig‘ida bittadan tomchi tushib tursa, u qaysi vaqtda arava qayerda bo‘lganligini­ belgilab ketadi. Aravachani qo‘yib yuborsak,­ u osilgan yuk ta’sirida harakat­lanadi­. Bunda aravacha ortidagi tomchi­lar­ orasidagi­ masofa bir xil emasligini kuzatish mumkin. Demak, aravacha bir xil vaqt oraliqlarida turlicha masofani bosib o‘tgan, ya’ni u notekis harakat qilgan.


Endi yuqoridagi tajribani biroz o‘zgartiraylik. Bu gal osilgan yukni kamaytirib shunga erishaylikki,­ tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil bo‘lsin (25-rasm). Bu holga aravacha bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yo‘lni bosib o‘tgan, deyish mumkin. Aravaning bunday harakati tekis harakatga misol bo‘la oladi.







Agar jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil yo‘lni bosib o‘tsa, uning bunday harakati tekis harakat deb ataladi.

Harakat tezligi o‘zgarmas bo‘lgan jismning harakati tekis harakatdir. Agar avtomobil to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo‘l bosib o‘tayotgan bo‘lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo‘lni bosib o‘tadi.


Soat millari uchining harakati ham tekis harakatga misol bo‘la oladi. Lekin ularning harakat trayektoriyasi aylanadan iborat. Yuqorida keltirilgan misollardagi jismlarning harakatini uch turga ajratish mumkin:





  1. tezligi bir xil va trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli;




  1. tezligi bir xil, lekin trayektoriyasi egri chiziqli;




  1. trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli, lekin tezligi har xil.

Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollardagina jismlar yo‘lning ma’lum bir qismida to‘g‘ri chiziqli harakat qilishi mumkin.





Download 201.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling