9-§. Elektr toki haqida tushuncha


Download 201.67 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi201.67 Kb.
#1542499
1   2   3   4   5
Bog'liq
dars

To‘g‘ri chiziqli harakat


Jismning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, uning bunday harakati to‘g‘ri chiziqli harakat deyiladi.

24 va 25-rasmlardagi aravachaning tezligi bir xil yoki har xil bo‘lishidan qat’i nazar, ularning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqlidir. To‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan avtomobilning, temiryo‘lning to‘g‘ri qismida yurgan poyezdning, ma’lum balandlikka ko‘tarilib olganidan keyingi samolyotning ma’lum bir masofadagi harakatini to‘g‘ri chiziqli harakat deb olish mumkin.




To‘g‘ri chiziqli tekis harakat

24-rasmdagi aravacha to‘g‘ri chiziqli, lekin harakat davomida turlicha tezlikda, ya’ni notekis harakat qilganida, uning harakatini to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deb bo‘lmaydi. Soat millari bir xil tezlikda, ya’ni tekis harakat qiladi, lekin trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uchining harakati ham to‘g‘ri chiziqli tekis harakatga misol bo‘la olmaydi. Aravachaning 25-rasmdagi harakatida aravacha ham to‘g‘ri chiziqli, ham tekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdir.




Agar to‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofalarni bosib o‘tsa, uning bunday harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi.

Bunga yo‘lning ko‘tarilish, pasayish va burilishlar bo‘lmagan qismida avtomobilning tezlikni o‘zgartirmay harakatlanishi misol bo‘ladi. Shuningdek, poyezd tezlik olib, ma’lum masofa o‘tganidan so‘ng to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qila boshlaydi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat eng oddiy mexanik harakatdir. Shuning uchun mexanik harakatni o‘rganishni tezlik, masofa va vaqt orasidagi eng sodda bog‘lanishga ega bo‘lgan jismlarning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatidan boshlaymiz. So‘ngra notekis va egri chiziqli harakat tezliklarini tahlil qilishga o‘tamiz.





Download 201.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling