9- ma’ruza. Ontogenez. Organizmlarning ko’payishi. Reja
Regenerasiya davrida hujayraning kelib chiqishi
Download 130.5 Kb.
|
9-ma\'ruza
Regenerasiya davrida hujayraning kelib chiqishi. Regenerasiya sabablarini o'rganish maqsadida, bir qancha tajribalar o'tkazilgan. Jumladan, tritonning oyoqlari oldin rentgen nuri bilan nurlantirilib, keyin kesilganda regenerasiya sodir bo'lmagan. Agar organning yoki to'qimaning ma'lum qismi qoldirilib kesilsa, regenerasiya sodib bo'lgan, ammo oyoqlar to'liq tiklanmagan.
Regenerasiyajarayonidamaxsus "totipotent", "embrional", "zaxira", "doimiy yosh" hujayralar muhim ahamiyatga ega, deb tushuntiradigan gipotezalar keng tarqaldi. Masalan, 1887 yilda M.Nussbaum gidralarda totipotent, zaxirai-hujayralar regenerasiyafunksiyasini bajarishini aytgan. 1892 yilda X. Randolf kamtuklilarda zaxira hujayralar bo'lishini va ularni neoblastlar deb atashni taklif etgan. Neoblastlar kamtuklilarda, i-hujayralar gidrada, arxeositlar bulutlarda normal regenerasiyada muhim ahamiyatga ega. Ammo zaxira hujayralar to'g'risidagi nazariyaning noto'g'ri ekanligini, 1934 yilda B. P. Tokin tomonidan aytilgan. Neoblastlar to'g'risidagi munozaralar hozir ham davom etmoqda. Hozirgi paytda neoblastlarning regenerasiya kurtagini hosil qilishdan tashqari, gonadalar shakllanishida va ichaklarning bez hujayralari paydo bo'lishida ham ishtirok etishi aytilmoqda. Jinssiz ko'payadigan planariyaning bo'linish zonasida neoblastlar to'planadi. Planariya gavdasidagi hujayralardan faqat neoblast-lar, mitoz yo'li bilan bo'Iinadi. Bularning hammasi tiklanish jarayonida, neoblastlar nuihimiigidan dalolat beradi. Interstisial hujayralarning regenerasiya jarayonidagi ishtiroki masalasi ham munozarali bo'lib kelmoqda. Regenerasiya jarayonida bu hujayralarning zarurligi, yoki zarur emasligiga oid ko'plab ma'lumotlar olindi. Agar gidraga ba'zi moddalar (kolxisin) bilan ta'sir etilsa, i-hujayrasi yo'qoladi. Bu hujayraning yo'qolishi gidrada nerv, otiluvchi, gonosit hujayralarning yo'qolishiga olib keladi. Bunday gidrani sun'iy oziqlantirilsa, ular kurtaklanadi, paypaslagichlarini tiklaydi. Ammo ular jinsiy voyaga yeta olmaydi. Demak, gidraning tiklanishida har xil hujayralar ishtirok etadi. Jarohat joyidagi normal hujayra va to'qimalar jarohatlangan hujayralar differensiasiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Nemertinlarning og'iz oldi bo'lagidan ichaklar va jinsiy organlar paydo bo'lib, gavdasi tiklanadi. Kam tuklilarning jinsiy hujayralari bo'lmagan qismidan gavdasi tiklanadi va gonadalar hosil bo'ladi. Salamandraning regenerasiya kurtagining hujayrasi markirovka qilinib, boshqa salamandraga ko'chirib o'tkazilganda, biriktiruvchi to'qima hujayralari muskul, biriktinivchi va boshqa to'qima hujayralaiining hosil bo'lishida ishtirok etganligi aniqlangan. XX asrning 80-yillarida regenerasiya jarayonida "zaxira" hujayralarning vazifasi haqida elektron mikroskop yordamida olingan va boshqa ma'lumotlarga asoslanib bir qanchagipotezalar yaratildi. Shunday gipotezalardan "O'q tana hujayra" gipotezasi katta ahamiyatga ega. Tana hujayralar deb terming bazal qavatidagi epiteliy hujayralari, ichak, qon hosil qiluvchi hujayralar nomlanadi. Gidraning i-hujayrasi, kam tuklilaming neoblastlari tana hujayrasi hisobianadi. Bu hujayralar "tinim davridagi hujayralar" guruhi deb ataladi. Chunki ular regenerasiya davrida faol holatga o'tadi. Shunday qilib, regenerasiya davrida hujayralarning paydo bo'lishi haqidagi muammo, munozarali bo'lib qolmoqda.Bu haqdagi gipotezalarni 3 guruhga bo'lish mumkin: 1. Zaxira hujayralar gipotezasigako'ra, regenerasion blastemaning o'tmishdoshi zaxira hujayralar bo'lib, ular rivojianishning dastlabki davrida differensiasiyaga uchramasdan qolib ketadi va regenerasiya jarayonidan "buyruq" olmaguncha rivojlanish jarayonida qatnashmaydi. 2. Vaqtinchalik dedir Terensiasiya gipotezasiga ko'ra, differensiallashgan va malum vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayra, regenerasiyadan stimul olib, o'z vazifasini bajarmasdan, regenerasiya jarayoniga qatnashadi, ammo determinasiya xususiyatini yo'qotmaydi. Keyin yana o'z vazifasini bajaradigan liolatgaqaytadi. 3. To'liq dedifferensiasiya gipotezasiga ko'ra, ixtisoslashgan hujayralar regenerasiya jarayonida regenerasion hujayralarga aylanadi va dastlabki holatiga qaytmaydi. Biologiyafanining hozirgi taraqqiyoti, bu gipotezalarning qaysi biri to'g'ri ckanligini isbotlay olmaydi. Shunga qaramasdan, regenerasiya sohasidagi yutuqlar tibbiyotda keng qo'llanilmoqda. Hujayra ichidagi regenerasiya. Hujayra ichida ham regenerasiya jarayoni sodirbo'ladi. D. S. Sarkisov (1978) hujayra ichida sodir bo'ladigan regenerasiya jumyonining 3 ta turini farqlaydi: molekulyar, organoid ichida, organoid. Hozirgi vaqtda DNK reperasiyasining qonuniyatlari o'rganilmoqda. Bu larayonda fermentlar ishtirok etishi aniqlandi. DNK ning zararlangan i lismining tiklanishida va yangi nukleotidlarning birikishida ko'plab fermentlar i|iilnushadi. Bu fermentlar hujayraning normal hayot kechirishi va gen mji'iieriyasida ham ishtirok etadi. Hujayra organoidlarida ham ba'zi o'zgirishlar kuzatiladi. Jumladan, B. P, Iokin fikricha (1974), "yadro va yadrocha hajmi kichiklashadi, tuzilishi murakkablashadi, erkin ribosoma-endoplazmatik to'r kompleksining soni, tillakoidlar membranasiniag hajmi o'zgaradi. Mitoxondriyalar soni ortadi, Ici'inciUlar faolligi oshadi, Golji apparati murakkablashadi, endoplazmatik to'r soni va uzunligi ortadi". Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling