9 -ma’ruza: Sanoat binolarining eshik va derazalari. Reja


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1742773
  1   2
Bog'liq
9- маъруза



9 -ma’ruza: Sanoat binolarining
eshik va derazalari. 
Reja:
1.Sanoat binolarini eshik va darvozalari. 
2.Sanoat binolarining derazalari. 
Фан ўқ: Э.Т.Ашуров


Sanoat korxonasiga transport vositalarini kiritish, jihozlarni
ko‘chirish va ko‘plab odamlaming kirib-chiqishi uchun darvozalar
o‘rnatiladi.
Ularning
o‘lchamlari
texnologik
jarayon
va
birxillashtirish talablaridan kelib chiqadi.
Darvozalar o‘lchamlari elektr aravacha va eni 2 m, balandligi
2,4 m gacha bo‘lgan vagoncha hamda turli yuk ko‘tarish qo-
biliyatiga ega avtomashinalar uchun - 3x3. 4x3 va 4x3,6 m; tor izii
temiryo‘l transporti uchun - 4,7x5,6 m qabul qilinadi. Samolyotsozlik
va shunga o‘xshash _ h) korxonalar uchun ular katta o‘lchamlarda
loyihalanadi.
1.Sanoat binolarini eshik va darvozalari. 



Ochilishi
bo‘yicha
ochiluvchi, surilib ochiluvchi,
tavaqali, ko‘tariluvchi, parda,
ko‘p
tavaqali
g‘ildirakli
darvozalar
mavjud.
Darvoza
tavaqalari yog‘ochdan, po‘lat
karkasi bo‘lgan yog‘ochdan va
po‘latdan tayyorlanadi. Ular
isitilgan,
isitilmagan,
sovuq,
eshik-
chasiz
va
eshikchali
bo‘lishi mumkin. Darvozalar
tavaqalari
qo‘lda
yoki
mexanizmlar
yordamida
ochiladi.



Lang ochiluvchi darvozalar amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Agar darvoza kichik bo‘lsa, yog‘ochdan tayyorlanadi. Agar
uning bo‘yi va eni 3 m dan ko‘p bo‘lsa po‘lat karkas tayyorlanib,
ichi yog‘ochdan bajariladi.
Darvozaning yog‘ochli tavaqasi ulama, bir yoki bir necha
o‘zak va qalinligi 25 mm bo‘lgan tishli taxta bilan to‘lg‘izilgan
tashkil topgan. Tavaqaning bikrligini oshirish uchun karkas
elementlari uchrashgan burchaklarga metalli yopqich (nakladka),
osilmasligi uchun esa aylana po‘latdan diagonal tortmalar
o‘rnatiladi. Darvoza tavaqalari ikki juft sharnirlar yordamida
o‘rnatilish joyiga halqalangan chorcho‘pga osiladi. Ramalar
temirbetondan,
po‘latdan
yoki
yog‘ochdan
tayyorlanishi
mumkin. Birinchisi qurilish amaliyotida keng tarqalgan.



Lang ochiluvchi darvozalar, odatda ko‘cha eshigi bilan
tayyorlanadi. Darvoza o‘lchamlari kattalashsa, lang ochiluvchi
echim noma’qul bo‘lib qoladi. Bunday hollarda surilib ochiluvchi
darvozalardan foydalanishadi. Bunday darvozalarning ustida rels
o‘rnatiladi va shunga u g‘ildiragi bilan osiladi. G‘ildiraklarning
harakatlanishi tufayli darvoza ochilib-yopiladi.
Tavaqali, ko‘p tavaqali ko‘tariluvchi, pardali, ko‘tariluvchi-
aylanuvchi darvozalar xonalar maydoni tor bo‘lgan joylarda
qo‘llaniladi. Parda darvoza uning ustida o‘rnatiladigan barabanga
o‘ralgan sharnirli bog‘langan past elementlardan iborat tavaqalardan
tashkil topadi.
Sanoat binolarida ishlatiladigan eshiklarning konstruksiyasi
aks
ettirilgan.
Fuqaro
binolarida
foydalanadigan
eshiklar
konstruksiyasidan farq qilmaydi. Shuning uchun bu bo‘limda
eshiklar haqida ma’lumotlar takrorlanmagan.



Ishlab chiqarish binolari derazasi turlarini va o‘lchamlarini tanlash
katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunda bino ichini etarli yoritilganligi va
shamollatish, ishchilarni mehnat unumdorligini, hamda mahsulot sifatini
oshirishga, mehnat travmasini kamaytirishga olib keladi. Deraza o‘rnini
to‘ldiruvchi konstruksiyalarni yog‘ochdan, temirbetondan, po‘latdan, engil
quymalardan, plastmassadan, zichlashtirilgan materiallardan va shisha
bloklardan tayyorlanadi. Deraza konstruksiyasi quti, tabaqa oyna va
deraza osti taxtasidan iborat bo‘ladi. Oynalar qavati odatda bir qavatli
bo‘lib, havo hisobiy sovuqligi – 30
0
S va undan past bo‘lganda ikki qavatli
qilinib olinadi.
Deraza o‘rni nominal o‘lchami eniga 300 va 600mm dan, bo‘yicha
esa 600 mm dan oshib boradi.
Namuna qilib belgilangan ashyolardan ishlangan derazalarning kengligi
6,0: 4,8: 3,0: 2,4: 2,0 va 1,8m balandligi 0,6: 1,2: 1,8 va 2,4m qilib olinadi.
Alyuminiy qotishmasidan qilingan deraza nominal kengligi 3 va 2m,
balandligi esa 1,2: 1,8: 2,4 va 3m qilib olinadi. Yog‘ochdan ishlangan
derazalarda bu kattalik 1,5: 2,7: 3 va 4,5m balandligi 1,2 va 1,8m teng
bo‘ladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling