10. Achinishni bildiradigan kirish so`z qaysi qatorda qo`llangan?
a) Afsuslanishdan foyda yo`q endi. b) Shunday qilib yoz ham o`tdi
d) Afsuski, yolg`on emas,-dedi Juman e) to`g`ri javob yo`q
11. Qaysi uyushiq bo`lakli gapda umumlashtiruvchi bo`lak qo`llangan?
a) Kamtarlikni, zahmatkashlikni, sabot va sabrlilikni Asqad Muxtordan o`rgansak bo`ladi.
b) Aql , bilim va hikmat- oltindan qimmat
d) Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham go`zal bo`lmog`i kerak
e) Tiniq havoda oq, sariq, pushti kapalaklar uchishadi
12.Egalik qo`shimchasi qo`shilganda qaysi qatordagi so`zlarda tovush tushishi yuz beradi?
a) bog`, tog` b) so`rov, tilak d) burun, shahar e) son, chiroq
13. Boshqaruv yo`li bilan bog`langan so`z birikmalari qatorini aniqlang.
a) uyga qaytish, olma terish, sayr haqida suhbat
b) ko`cha chetida, chelakka solish, Sharifani ko`rish
d) bog` tomonga yurish, kitob o`qish, keng uy
e) paxta uchun kurash, daraxt bargi, inson qo`li
14. Qanday so`z birikmalarida tobe so`z hokim so`zga grammatik vositalarsiz bog`lanadi.
a) boshqaruvda b) moslashuvda d) bitishuvda
e) tobe so`z hokim so`zga doim grammatik vositalar yordamida bog`lanadi.
15. So`z qo`shilmalaridagi so`zlarning teng bog`lanishi qaysi qatorda berilgan.
a) nafis tuyg`u, xalq tabobati b) sabzi bilan piyoz, go`zallik va poklik
d) birga pishirmoq, barobar yurmoq e) teng bog`lanish berilmagan
16. Sobir endi kalavaning uchini topdi.
Ushbu gapda kesim qanday ifodalangan?
a) ot bilan b)fe`l bilan d) ibora bilan e) ajralmas birikma bilan
17. Ergashgan qo`shma gapni aniqlang.
a) Biz ko`rgan, eshitgan, lekin e`tibor bermagan voqealarga san`atkorona baho beramiz.
b) Orzular buyukdir, umrlar qisqa.
d) Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo`ladi.
e) Ergashgan qo`shma gap berilmagan
18. O`zbek tili qaysi til oilasining qaysi guruhida kiradi.
a) Oltoy tillar oilasining turkiy tillar shaxobchasiga
b) Hind-yevropa tillari oilasining eron guruhiga
d) Oltoy tillar oilasining mo`g`ul tillar guruhiga
e) Turkiy tillar oilasining oltoy tillar guruhiga
Do'stlaringiz bilan baham: |