19. Goh u birdaniga o`yga tolib yuragimga g`ulg`ula solar, goh xomush tortib qolganimni ko`rib kular edi. Ushbu qo`shma gap qanday vosita yordamida bog`langan?
a) nisbiy so`zlar yordamida b) ayiruv bog`lovchilari yordamida
d) ohang yordamida e) to`g`ri javob berilmagan
20. Qo`shma gap berilgan qatorni toping.
a) Kishilikning har bir bilimi mushohadadan boshlanib, undan tushunchaga o`tadi.
b) Hasadchining jismi jonini ismi noayon allaqanday qurt-qumursqalar kemiradi.
d) San`atda hech qanday qorong`u va tushunib bo`lmaydigan narsalar bo`lmasligi kerak.
e) Bilim, ma`rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog`i lozim.
21. Axir shu qarorga keldilar bolalarni buvimga topshiradigan va akam o`zi bilan shaharga olib ketadigan bo`ldi. Gapda qaysi tinish belgi tushib qolgan?
a) tire b) nuqtali vergul d) ikki nuqta e) vergul
22. Qismlari ergashtiruvchi bog`lovchilar yordamida bog`langan qo`shma gaplar qanday qo`shma gaplar hisoblanadi?
a) bog`langan qo`shma gap b) bog`lovchisiz qo`shma gap
d) ergashgan qo`shma gap e) Ava B javoblar to`g`ri
23. Shuni bilingki, yaxshi ishlov berilmagan yerdan yaxshi hosil unmaydi gapi tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog`lovchi vositani aniqlang.
a) teng bog`lovchi b) ko`makchi d)yuklama e) to`g`ri javob yo`q
24. Qaysi so`zlar qiyoslanuvchi bo`lakdan so`ng keladi?
a) deb, uchun so`zlari b) bo`lsa, esa so`zlari
d) nisbiy so`zlar e) t. j. y.
25. Quyida berilgan gapning tuzilish turini aniqlang : Tuproqni ardoqlasang, undan gavhar unadi .
a) bog`langan qo’shma gap b) ergash gapli qo’shma gap
d)bog’lovchisiz qo’shma gap e) murakkab qo’shma gap
26. Adabiyot keng ma’noda necha turga bo’linadi ?
a) 2 turga: nasriy va nazmiy adabiyot
b) 3 turga: epik , lirik , dramatik adabiyot
d) 2 turga: ilmiy va badiiy adabiyot
e) a va b javoblar to’g’ri
27. Badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga qarab necha turga bo’linadi?
a) 2 turga: ilmiy va badiiy asarlar
b) 3 turga: lirik , epik , dramatik asarlar
d) 2 turga: nasriy va nazmiy asarlar e) t. j. y.
28. “... Ana endi 16 urug’ qo’ng’irot elida bir chupronto’y bo’ldi . Xaloyiqlarni , elatiyalarni to’yga xabar qildi ...” “ Alpomish” dostondan olingan ushbu parchada elatiyalar deb kimlar nazarga tutilmoqda ?
a) Elatiya aholisi b) Elatiya qullari
d) ko’chmanchi chorvadorlar e) jazoga hukm etilganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |