9-11iqts-19-guruh talabasi Sattorov Sodiqmirzoning amaliyot hisoboti
Download 292.1 Kb.
|
Hisobot Sodiqmirzo Sattorov
Narx statistikasi boʻlimi
Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) narx statistikasi boʻyicha axborotlarni shakllantirish va tahlil etish sohasida: narx statistikasi boʻyicha axborotlarni Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan ishlar va muddatlarda yigʻish, qayta ishlash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish; narx statistikasi axborotlarini shakllantirish masalalari boʻyicha hududiy statistika organlar faoliyatini muvofiqlashtirish; b) narx statistikasi sohasida ilmiy asoslangan metodologiyani joriy etish sohasida: narx statistikasi axborotlarini shakllantirish boʻyicha qabul qilingan uslubiy hujjatlarni amaliyotda qoʻllanilishini taʼminlash; d)hududiy statistika organlari tomonidan, narx statistikasi sohasiga oid davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika metodologiyasi asosida tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish; v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida: narx statistikasi hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilish ishlarini tashkil etish, bu yoʻnalishda hududiy statistika organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, narx statistikasi asosiy koʻrsatkichlarining takomillashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritish. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, narx statistikasi boʻyicha statistik kuzatuvlar oʻtkazish, umumlashtirish, tahlil etish, saqlash va statistik maʼlumotlarni nashrga tayyorlash ishlarini tashkil etadi; narx statistikasi boʻyicha hududiy organlar faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish, ular tomonidan taqdim etilgan axborotlarni tahlil qilish ishlarini olib boradi; hududiy statistika organlariga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi; Narx statistikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda maʼruzalar, statistik toʻplamlar uchun hamda narx sohasi jarayonlarini tavsiflovchi boshqa statistik maʼlumotlarni tayyorlaydi; narx statistikasiga oid statistik maʼlumotlarni shakllantirish, saqlash va tarqatishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni taʼminlaydi; belgilangan tartibda Boʻlimga yuklatilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻlim davlat statistika ishlari dasturining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga oid qismi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish; -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi sohasi boʻyicha tahliliy salohiyatni mustahkamlash, Davlat statistika ishlari dasturining mazmunini doimiy ravishda takomillashtirish, uning mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tarkibiy va bozor islohotlari, iqtisodiyoti tarmoqlari va sektorlarida islohotlarning borishini tavsiflovchi tegishli maqsadli koʻrsatkichlar bilan oʻzaro bogʻliqligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish; -ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga Boʻlim vakolati doirasidagi takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish. -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi sohasida xolis, sifatli va dolzarb hisobot maʼlumotlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va idoraviy kuzatuvlar shakllarini kelishishda ishtirok etish; -davlat statistika ishlari dasturining ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga oid qismini bajarilishini taʼminlash; ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi sohasiga oid davlat statistika hisobotlarini elektron koʻrinishda, zarur hollarda qogʻoz koʻrinishida yigʻishni va boshqa kuzatuvlarni tashkil etish; -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻyicha statistik koʻrsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshirish hamda dastlabki statistik tahlilini olib borish; -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻyicha statistik hisobot koʻrsatkichlarining va oʻtkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini, statistik axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash; -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻyicha statistik ishlarni tashkil etishning statistik axborotlarini yigʻish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish; -xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga oid davlat statistika hisoboti koʻrsatkichlarini ishonchli taqdim etishda har tomonlama koʻmaklashish; -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻyicha axborot-statistik maʼlumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilab borishni amalga oshirish, foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga doir tushuntirishlar berishdavlat statistika ishlari dasturining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga oid qismi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish; -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi sohasi boʻyicha tahliliy salohiyatni mustahkamlash, Davlat statistika ishlari dasturining mazmunini doimiy ravishda takomillashtirish, uning mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tarkibiy va bozor islohotlari, iqtisodiyoti tarmoqlari va sektorlarida islohotlarning borishini tavsiflovchi tegishli maqsadli koʻrsatkichlar bilan oʻzaro bogʻliqligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish; -ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga Boʻlim vakolati doirasidagi takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish. -ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻyicha statistik koʻrsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshirish. Buxoro viloyatida Narx statistikasi bo'yicha ayrim mahsulotlari narxining o'zgarishi quyidagi jadvalda keltirilgan. Yuqoridagi diagrammalarda 2019-2020-2021 yillarda sut, go'sht tuxum mahsulotlari narxlaridagi o'zgarish foizlarda ko'rsatilgan. Download 292.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling