Nazorat savollari
Hissoblagich haqida tushuncha bering
Ketma–ketlihisoblagichlarni ishlash prinsipi bo’yicha tushuncha bering
Ayiruvchi hisoblagichlar ishlash prinsipi bo’yicha tushuncha bering.
Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo`lgan ketma-ketlihisoblagichlar ishlash prinsipi bo’yicha tushuncha bering.
Reversivhisoblagichlar ishlash prinsipi bo’yicha tushuncha bering.
Parallelhisoblagichlar ishlash prinsipi bo’yicha tushuncha bering
Hisobot mazmuni
Talabalar yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlarni o’qib o’rganib qisqacha xulosa va nazorat savollariga yozma ravishda javoblar yozib hisobot tayyorlaydilar.
Laboratoriya ish№ 11.
Mavzu: Integral universial reversiv hisoblagichni tadqiq etish
Ishning maqsadi:Integral universal reversiv hisoblagichlarni tadqiq etish, ishlash prinsipi va mantiqiy sxemasini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Hisoblagichlar ketma-ket qurilma bo‘lib, kirish yo‘liga berilgan impulslar sonini hisoblash va ularni saqlash uchun xizmat qiladi. Hisoblagichlar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi:
Hisob yo‘nalishi bo‘yicha: yig‘iluvchi; ayiruvchi; reversiv.
O‘tish sxemalarini tashkil etish yo‘li bo‘yicha: ketma-ket o‘tuvchi hisoblagichlar; to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tuvchi hisoblagichlar; parallel o‘tuvchi hisoblagichlar; kombinatsiyalashgan o‘tuvchi hisoblagichlar.
O‘tish koeffisiyenti bo‘yicha: ikkilik; ikkilik-o‘nlik; ixtiyoriy doimiy qayta hisoblash koeffitsiyenti; hisobning o‘zgaruvchan koeffitsiyenti hisoblagichlari va h.k.
Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini o‘zgartirishi bo‘yicha: asinxron, sinxron hisoblagichlar.
A ytaylik, Fn = 0 bo‘lganda reversiv hisoblagich yig‘uvchi sifatida va Fn = 1 bo‘lganda ayiruvchi sifatida ishlaydigan bo‘lsin. U holda kommutatsiya
sxemasining ishlash tartibi quyidagicha bo‘lishi kerak:
bu yerda: Ti-signal(T kirish yo‘lida)
Lekin F boshqaruv signali qiymatining o‘zgarishi kirish signali berilishi bilan hisoblagich holatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.Noto‘g‘ri o‘tishlarning oldini olish maqsadida F signal faqat α = 0 bo‘lganda uning o‘zgarishini va shu asosda kommutatsiya sxemasining ishlash tartibida quyidagi o‘zgartirishni qabul qilish mumkin:
B u tartib quyidagi uyg‘onish funksiyasini aniqlaydi:
Unga 11.1-jadval mos keladi. Bu jadvaldan quyidagini hosil qilamiz:
Uch razryadli ketma-ket o‘tuvchi reversiv hisoblagichning sxemasi 11.1-rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
15.1-jadval
11.1-rasm. Uch razryadli reversiv hisoblagich
Hisobot mazmuni
Do'stlaringiz bilan baham: |