9-14-laboratoriya


Ketma-ketli hisoblagichlar


Download 0.63 Mb.
bet3/18
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1023542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Bahodir 9 14

Ketma-ketli hisoblagichlar. Soddalik uchun statik boshqaruvli uchta triggerdan tashkil topgan jamlovchi hisoblagich ishini ko`rib chiqamiz. Bunday hisoblagichning o`tishlar jadvali 21.1-jadvalda, uning funksional sxemasi esa 1.1-rasmda keltirilgan. Odatda, triggerlar, demak hisob­lagichlar VA, qo`shimcha hisoblagich chiqishlarida oldindan belgilangan sonni o`rnatuvchi So`rnatish kirishiga yoki hisoblagichni dastlabki holatiga qaytaruvchi signal beruvchi R olib tashlash kirishlariga ega.
9.1-jadval
Jamlovchi hisoblagichning holatlar jadvali

m

Q3

Q2

Q1

0

0

0

0

1

0

0

1

2

0

1

0

3

0

1

1

4

1

0

0

5

1

0

1

6

1

1

0

7

1

1

1

8

0

0

0


9.1-rasm.Ketma-ket uzatiluvchi ikki pog`onali T-triggerliuch razryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi.

Sanoq boshlanishidan oldin barcha triggerlar chiqishlarida nol daraja (Q3=Q2=Q1=0) bo`lgan dastlabki holatga keltiriladi. Buning uchun hisoblagich sxemasida R kirishlari o`rnatilgan bo`lib, ular «0 ni o`rnatish» umumiy shinasiga ega. Bu shinaga olib tashlash impulsi beriladi. Ma’lumotlari ketma-ket uzatuvchi hisoblagichlarda sanoq impulslari triggerning birinchi razryad kirishiga beriladi. Bu Skirish. Keyingi keluvchi har bir razryad uchun qayta ulanish signallari avvalgi razryadning invers chiqishidan uzatiladi, ya’ni hisoblagich razryadlari ketma- ket qayta ulanadi. Triggerning invers chiqishlari ishlatilmaydi, So`rnatish kirishlarida esa mantiqiy 0 potensiali mavjud bo`ladi. Bu yerda m — sanoq boshidan berilayotgan kirish impulsi raqami.


Hisoblagich ishini 9.1-jadvalga asosan tahlil qilamiz. Ko`p razryadli ikkilik sonning kichik razryadiga mos keluvchiQ1o`z holatini har sanoq impulsi kelishi bilan; Q2 har ikkinchi impuls kelishi bilan, Q3 esa har to`rtinchi impuls kelishi bilan o`zgartiradi. Uch razryadli hisoblagich impulslarining maksimal soni 7 ga teng. Sakkizinchi impuls kelganda hisoblagich 0 ga o`tadi va hisobni yangidan boshlaydi. Agar hisoblagichchiqishilaridaQ3= 1, Q2=0, Q1 kombinatsiya yoki 101 ikkilik uch razryadli son mavjud bo`lsa, bu hisoblagichga beshinchiimpuls kelganini anglatadi.
Statik boshqaruvli triggerlardaSchiqishning T0 aktiv mantiqiy darajasi bo`lib mantiqiy bir signali hisoblanadi. Shuning uchun buQ1Q2Q30 ni o`rnatishsignal berilishi davomida trigger S kirishdagi xalaqitlarni (shovqinlarni) bemalol qabul qilishi mumkin. Yolg`on ishga tushib ketishni bartaraf etish uchun Skirishda signal mavjud bo`lgan vaqt mobaynidaSma’lumot kirishida signal mantiqiy 0 ga teng miqdorda o`zgarishsiz qolishi kerak. Amalda bu talab raqamli qurilmaning murakkablashib ketishiga olib keladi.
Dinamik boshqaruvli triggerlar yuqorida aytib o`tilgan kamchilik- dan holi. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uch razryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi 9.2-rasmda keltirilgan.

9.2-rasm.Ketma-ket uzatishli dinamik D-riggerlarda bajarilganuch razryadli, jamlovchi hisoblagich sxemasi.

Ketma-ket keluvchi har razryad holatining o`zgarishi avvalgi razryadning 1 dan 0 ga o`zgarishi, ya’ni boshqaruv impulsining kesimi bilan amalga oshiriladi. Bu esa trigger qisqa vaqt mobaynida qayta ulanishi mumkinligini anglatadi.





Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling