9-amaliy mashg‘ulot mavzu: Texnologik mashina vajihozlar detallarini ta’mirlash usulini tanlash
Download 64.7 Kb.
|
9-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- V al bo‘yinlari uchun ta’mirlash o‘lchamlarining qiymatlari va sonini aniqlash.
9-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Texnologik mashina vajihozlar detallarini ta’mirlash usulini tanlash Detallarni mexanik ishlov berish bilan tiklashga ta’mirlash o‘lchamlari, qo‘shimcha ta’mirlash elementlari, detal qismlarini almashtirish usullari kiradi. Ta’mirlash o‘lchamlari (TO‘) usuli. Detallarni TO‘ bo‘yicha qayta tiklashning mohiyati shundan iboratki, birikuvchi detallardan biriga ta’mirlash o‘lchami bo‘yicha mexanik ishlov berishdan, birikuvchi ikkinchi detalni esa yangisiga yoki ma’lum ta’mirlash o‘lchami bo‘yicha tiklangani bilan almashtirishdan iborat. Ta’mirlash o‘lchamlari soni va qiymati avvaldan belgilanganligi hisobga olinsa, o‘zaro birikuvchi ikki detalni bir –biriga bog‘liq bo‘lmagan holda yasash mumkin. Val bo‘yinlari va detallarning teshiklari uchun ta’mirlash o‘lchamlari qiymati hamda soni qanday aniqlanishini ko‘rib chiqamiz. 1-rasm. Valning ta’mirlash o’lchamini hisoblash sxemasi V al bo‘yinlari uchun ta’mirlash o‘lchamlarining qiymatlari va sonini aniqlash. Ishlatilgunga qadar valning nominal diametri dn ga teng bo‘lsin, eyilish natijasida valning bo‘yinlari kichiklashib, de ga teng bo‘lib qolsin. Valning notyokis eyilishi natijasida eyilishining maksimal qiymati δmax, minimal qiymati esa δmin, bo‘lsin. Val bo‘ynini TO‘ bo‘yicha tiklash uchun unga dt diametrgacha x qo‘yim bilan mexanik ishlov berilishi lozim. 1-rasmdan, ta’mirlash o‘lchamining qiymati quyidagicha aniqlanadi: dt= dn-2(δmax, +x). (1) (1) ifodadagi maksimal yeyilish qiymati (δmax,) ni val maxsus markazlarga o‘rnatilib, uning radial urilishini indikator bilan o‘lchash orqali aniqlash mumkin. Ammo bu usulni amalga oshirish uchun ma’lum qiyinchiliklar vujudga keladi va ko‘p vaqt sarf qilinadi. Amaliy maqsadlar uchun δmax, ning qiymati val bo‘ynining minimal va maksimal qiymatlari bo‘yicha analitik usulda aniqlanadi. Val bo‘ynining umumiy eyilish miqdori quyidagicha aniqlanadi: δ,u= dn- de= δmax,+ δmin. (2) Eyilish notyokislik koeffitsienti tushunchasini kiritamiz, uning qiymati ρ= δmax,/ δu (3) (2) ifodagi δmax, ning qiymati (3) ifodaga qo‘ysak, dt=dn-2(ρ δu +x) (4) Yeyilish notekislik koeffitsientining chegaraviy qiymatlari bo‘yicha quyidagi ikki eyilish jarayoni sodir bo‘lishi mumkin. Tyokis eyilish va bir tomonlama eyilish. Tekis yeyilishda umumiy eyilish miqdori quyidagicha aniqlanadi (1-rasm, a): δu = dn- de=2 δmax=2 δmin. U holda Bir tomonlama yeyilishda umumiy yeyilish miqdori quyidagicha aniqlanadi (2-rasm,b): δu= δmax, u holda Demak, eyilishdagi notyokislik koeffitsientining o‘zgarish chegarasi: 0,5≤ ρ≤1 Ta’mirlash o‘lchamlarining mumkin bo‘lgan qiymatlari va sonlarini aniqlash uchun (26) ifoda γ=2(ρδu+x) deb belgilaymiz va uning ta’mirlashdagi oraliq deb ataymiz. Aytaylik, ta’mirlashdagi oraliq barcha ta’mirlash o‘lchamlari uchun bir xil bo‘lsin. U holda har bir ta’mirlash o‘lchamining qiymati quyidagicha aniqlanadi. Birinchi TO‘ uchun: Download 64.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling