Agar ob‟ektiv sabablarga ko„ra (100-modda 2-qismining 1, 2 va 6-bandlari
vazifasi doirasida ishni davom ettirish mumkin bo„lmasa, ish beruvchi xodimga
ixtisosligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni (xodim bajarayotgan ishiga yoki
egallab turgai lavozimiga nomuvofiq bo„lsa, ixtisosligi bo„yicha birmuncha kam
malaka talab etiladigan boshqa ishni), bunday ish bo„lmagan taqdirda esa,
korxonada mavjud bo„lgan boshqa ishni taklif etishi shart. Xodim boshqa ishga
o„tishdan bosh tortgan yoki korxonada muvofiq keladigan ish bo„lmagan taqdirda,
mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: