9-Ameliy jumis Tema: aes proektlerin ekologiyaliq ekspertizalaw. Jobasi
Download 77.79 Kb.
|
9-ameliy jumis (1)
Uchinchidan, issiqlik elektr stansiyalarida yoqilayotgan tabiiy gaz, koʻmir va neft mahsulotlarining jahon bozoridagi narxi hisob-kitob qilinsa, yiliga oʻrtacha 1,5-2 milliard AQSH dollari atrofida mablagʻ sarflanayotganini koʻrish mumkin.
Toʻrtinchidan, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudrati uning elektr energiyasi bilan qay darajada taʼminlanganiga ham bogʻliq. Chunki mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari, yirik sanoat markazlarining samaradorligi, toʻla quvvat bilan ishlashi elektr energiyasi taʼminotiga bogʻliq. Ana shu jihatlarni eʼtiborga olsak, Prezidentimizning 2017 yil 8 noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2018 yil 19 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida yurtimizda atom elektr stansiyasi (AES) qurishga kirishilishi energetika sohasida uzoqni koʻzlab amalga oshirilayotgan oqilona siyosatdir. Bu mamlakatimizni ekologik toza va arzon energiya resursi bilan taʼminlash imkoniyatini yaratish bilan birga, yaqin kelajakda Oʻzbekistonni taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishga xizmat qilishi shubhasiz. Ayni paytda yurtimizda elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj 70-75 milliard kVt/soat va qurilishi moʻljallanayotgan ikki blokdan iborat atom elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan energiya quvvati 2,4 gVt ekani hisobga olinsa, oʻz-oʻzidan ravshanki, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining bir qismini eksport qilish imkoniyati ham tugʻiladi. Shuningdek, AES ishga tushirilsa, 2030 yillarga borib yalpi ichki mahsulotimiz qariyb 3-3,5 milliard dollarga koʻpayishi, mahalliy isteʼmolchilardan tushadigan tushum ham shunchani tashkil etishi, qoʻshimcha soliq tushumlari esa 500 million dollarga yetishi bashorat qilinmoqda. Bu raqamlardan koʻrinib turibdiki, AES energiyasidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi nihoyatda yuqori. Xalqaro atom nazorati mutaxassislarining fikricha, AES qurilishi sarf-xarajatlari 7-8 yilda oʻzini toʻliq qoplab, mamlakat iqtisodiyoti uchun foyda keltira boshlaydi. 2028 yilgacha ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan AESning samarali faoliyati natijasida 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Agar ushbu tejalgan gazni qayta ishlamasdan eksport qilganda ham mamlakatimiz yiliga 550-600 million dollar valyutaga ega bo‘ladi. Albatta, ushbu loyihani qurishda zamonaviy va murakkab texnologiyalardan foydalaniladi. Buning uchun esa yuqori saviyali, katta tajribaga ega bilimli kadrlar kerak. Bu borada ham dastlabki qadamlar tashlangan. O‘zbekistonlik yetakchi mutaxassislardan iborat delegatsiya Rossiya, Belarus davlatlarida bo‘lib, ularning tajribasini o‘rganib qaytishdi. Mamlakatimizda ko‘plab sanoat va ishlab chiqarish obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun ham energiya resurslari zarur. Ehtiyojni qoplash uchun esa bizga yanada kafolatli muqobil manbalar kerak bo‘ladi. Buning uchun o‘zimizda zarur xomashyo bor. Xullas, yaqin istiqbolda mamlakatimiz AES bor davlatlar qatoriga kiradi. Dunyo amaliyotida sinovdan o‘tgan va yuqori foyda keltiruvchi energiya manbai – Atom elektrostansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan energiya uchun asosiy xomashyo bo‘lgan uran zaxirasi bo‘yicha biz dunyoning birinchi o‘ntaligiga kiramiz. Albatta, AESlarni qurish va joylashtirish murakkab jarayon hisoblanadi. Demak, mamlakatimizda AESni barpo etishda, albatta, yuqori malakali geolog, seysmolog, ekologlardan iborat ishchi guruh tanlangan hududda sinchkovlik bilan kuzatuvlarni amalga oshiradi. Download 77.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling