9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 213.95 Kb.
bet22/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-iyul,
464-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qaroriga
1-ILOVA
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — adliya organi) tomonidan davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar (keyingi o‘rinlarda — notariuslar) tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom notarius faoliyatini boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan nazorat hamda tekshirish tadbirlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Notariuslarning notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat qilish notariuslarni rejali tekshirish, qisqa muddatli tekshirish va kameral tekshirish orqali amalga oshiriladi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
rejali tekshirish — adliya organi tomonidan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga kiritilgan va har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan nazorat shakli;
qisqa muddatli tekshirish — notariuslar faoliyati adliya organi tomonidan reyd, “sirli mijoz” hamda xizmat tekshiruvi tarzida amalga oshiriladigan nazorat shakli;
kameral tekshirish — adliya organi tomonidan o‘zi joylashgan manzil bo‘yicha notariuslarning notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya etilishini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) ma’lumotlar hamda adliya organida mavjud bo‘lgan notarius faoliyatiga oid boshqa hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan nazorat shakli.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling