9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-§. Rejali tekshirish o‘tkazish tartibi


Download 213.95 Kb.
bet24/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

1-§. Rejali tekshirish o‘tkazish tartibi
10. Rejali tekshirish adliya organi rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga muvofiq mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi savolnoma asosida o‘tkaziladi.
11. Rejali tekshirish jarayonida notarius tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi o‘rganiladi.
12. Notariuslar ish faoliyatida rejali tekshirish uch yilda bir marta o‘tkaziladi.
Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish faoliyatini boshlaganidan bir yil o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi.
13. Rejali tekshirish muddati bir notarius faoliyatini o‘rganish uchun besh ish kunidan oshmasligi shart.
Tekshirish o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh rahbarining asoslantirilgan bildirgisiga muvofiq ushbu muddat qo‘shimcha besh ish kuniga qadar adliya organi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
14. Rejali tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda bir nechta notariuslar faoliyatini tekshirish belgilangan bo‘lsa, ularning barchasining faoliyati to‘liq tekshirilishi shart.
Ayrim sabablarga ko‘ra, buyruqda ko‘rsatilgan notarius faoliyatida tekshirish o‘tkazilmaganda, bu haqda alohida dalolatnoma tuzilib, tekshirish ustidan nazorat qiluvchi rahbarga darhol xabar qilinishi lozim.
Bunda tekshirish o‘tkazilmagan notarius faoliyati tekshirish o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablar bartaraf etilganidan so‘ng tekshiriladi.
15. Ishchi guruh a’zolariga tekshirish o‘tkazish uchun tegishli hudud va binoga kirishga to‘sqinlik qilinganda yoki tegishli hujjatlar taqdim etilmaganda bu haqda ishchi guruh tomonidan tekshirish o‘tkaziladigan notarius ishtirokida dalolatnoma tuziladi va ular tomonidan imzolanadi.
Notarius dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, bu haqda dalolatnomada qayd etiladi.
16. Ishchi guruh rahbari shu kunning o‘zida tuzilgan dalolatnomani ilova qilgan holda rejali tekshirishni tayinlagan adliya organi rahbariga bildirgi taqdim etadi. Adliya organi rahbari bildirgi asosida ikki kun muddatda tekshirish o‘tkazishga to‘sqinlik qilgan notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish masalasini ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga (keyingi o‘rinlarda — malaka komissiyasi) taqdimnoma kiritadi.
17. Tekshirish o‘tkazishga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar vakillari mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
Mutaxassis adliya organi rasmiy xati asosida jalb qilinadi.
18. Ishchi guruh tomonidan rejali tekshirish yakuni bo‘yicha ma’lumotnoma tuziladi.
19. Agarda tekshirish davomida qonunbuzilish holatlari aniqlanmasa, bu haqda ma’lumotnomada qayd etiladi.
20. Ma’lumotnoma ikki nusxada tuzilib, ularning har biri ishchi guruh rahbari va a’zolari tomonidan imzolanadi, tekshirish o‘tkazilgan notariusga tanishtiriladi va bir nusxasi unda qoldiriladi.
Ma’lumotnomaga tahliliy ma’lumotlar va tegishli notarial harakatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Tekshirish o‘tkazilgan notarius ma’lumotnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda ishchi guruh tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi va u ma’lumotnomaga ilova qilinadi.
Bu holatda, ma’lumotnomaning bir nusxasi tekshirish o‘tkazilgan notariusga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Notarius ma’lumotnoma yuzasidan fikr va e’tirozlarini ushbu ma’lumotnomani olgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay nazorat tadbirini o‘tkazgan adliya organiga yozma shaklda taqdim etishi lozim.
21. Rejali tekshirish yakunlari bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, adliya organi notarius (lar)ga tegishli choralar ko‘rish uchun o‘n kun muddatda tegishli malaka komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.
Xizmat zarurati tufayli tekshirish hujjatlari va materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborilganda, ularning nusxasi olib qolinishi va saqlanishi shart.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling