9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-§. Kameral tekshirish o‘tkazish tartibi


Download 213.95 Kb.
bet26/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

3-§. Kameral tekshirish o‘tkazish tartibi
55. Kameral tekshirish adliya organi tomonidan o‘zi joylashgan manzil bo‘yicha notariusning notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya etilishini Tizimdagi ma’lumotlar, notarius tomonidan taqdim etilgan hisobotlar hamda adliya organida mavjud bo‘lgan notarius faoliyatiga oid boshqa hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.
56. Kameral tekshirish adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
57. Kameral tekshirish mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi savolnoma asosida o‘tkaziladi.
58. Kameral tekshirish muntazam ravishda o‘tkaziladi.
59. Kameral tekshirish adliya organining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi tomonidan notariusning huzuriga bormasdan adliya organi joylashgan erda amalga oshiriladi.
Kameral tekshirish jarayonida adliya organi tomonidan o‘rganish, tahlil qilish yoki umumlashtirish maqsadida notarius tomonidan rasmiylashtirilgan bir yoki bir nechta notarial harakatlar yoxud ma’lum bir turdagi notarial harakatlar bilan bog‘liq hujjatlarni idoraga chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
60. Agar adliya organi tomonidan kameral tekshirish jarayonida notariusning Tizimga kiritilgan ma’lumotlari hamda tegishli hisobotlarini to‘ldirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi yoki taqdim etilgan hisobotlarida ko‘rsatilgan va adliya organidagi mavjud ma’lumotlar o‘rtasida tafovut mavjudligi aniqlansa, bu haqida notariusga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda talabnoma yuboriladi.
Tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
Talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda notarius talabnomada ko‘rsatilgan xato va kamchiliklarni, shuningdek qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rib, bu haqida talabnoma kiritgan adliya organiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda javob xati taqdim etishi shart.
Notarius tomonidan talabnomada ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligini asoslovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, adliya organi talabnomada ko‘rsatilgan holatlarni o‘rganish maqsadida qisqa muddatli tekshirish tayinlaydi.
Kameral tekshirish jarayonida notarius faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda adliya organi qisqa muddatli tekshirish tayinlashi mumkin.
61. Kameral tekshirish natijasi bo‘yicha adliya organi tomonidan umumlashtirilgan ma’lumotnoma tuziladi.
62. Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish adliya organi tomonidan Tizimdagi ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.
63. Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi savolnoma asosida o‘tkaziladi.
64. Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun adliya organi rahbarining buyrug‘i talab etilmaydi. Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.
Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tuziladi.
65. Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar bo‘yicha ularni bartaraf qilish hamda kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida adliya organi tomonidan notariuslarga ko‘rsatmalar, ogohnomalar yoki taqdimnomalar yuboriladi.
Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida notarius faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda adliya organi qisqa muddatli tekshirish yoki kameral tekshirish tayinlashi mumkin.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling