9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


Notarius faoliyatida kameral tekshirish va Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish yuzasidan


Download 213.95 Kb.
bet29/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

Notarius faoliyatida kameral tekshirish va Tizimdagi ma’lumotlarni tahlil qilish yuzasidan
NAMUNAVIY SAVOLNOMA

T/r

O‘rganiladigan masala

Muddat

1.

Bitimlarni tasdiqlashda taraflarining barmoq izlari skaner qilingan vaqt tafovuti (10 minutdan ortiq bo‘lgan holatlar)

har oyda

2.

Notarial harakatni rasmiylashtirish yakunlangandan keyin barmoq izlari skaner qilingan yoki barmoq izi o‘zgartirilgan holatlar

har oyda

3.

Notarial harakatlarga oid ma’lumotlar Tizimga aniq va to‘liq kiritilmagan holatlar

har oyda

4.

Notarial harakatlar tasdiqlangandan keyin Tizimdagi ma’lumotlarga o‘zboshimcha o‘zgartirish (tuzatish) kiritilgan holatlar

har oyda

5.

To‘lovlar bo‘yicha invoys shakllantirilganda SMS xabar yuborilgan telefon raqami o‘zgartirilgan holatlar

har oyda

6.

To‘lovlar to‘g‘risida SMS xabar takrorlanuvchi telefon raqamlarga yuborilgan holatlar

har oyda

7.

Bitimni rasmiylashtirishda notarial tasdiqlangan ishonchnomaga asosan vakil ishtirok qilgan hollarda ishonchnoma bekor bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligi Tizim orqali tekshirilmagan yoki noto‘g‘ri tekshirilgan holatlar

har oyda

8.

Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarni rasmiylashtirishda notarial harakatda ishtirok etish ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligi Tizim orqali tekshirilmagan yoxud noto‘g‘ri tekshirilgan holatlar

har oyda

9.

Notarial harakatni rasmiylashtirishni rad etish haqidagi ma’lumot Tizimga kiritilmagan yoki noto‘g‘ri kiritilgan holatlar

har oyda

10.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulk bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi Tizim orqali tekshirilmagan yoki noto‘g‘ri tekshirilgan holatlar

har oyda

11.

Bitim bekor qilinganligi to‘g‘risida Tizimga ma’lumot kiritilmagan holatlar

har oyda

12.

Vasiyatnomaning o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risida Tizimga ma’lumot kiritilmagan holatlar

har oyda

13.

Tizim orqali meros qoldiruvchining mol-mulkiga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligi tekshirilganlik holatlari

har oyda

14.

Garov yoki ipoteka shartnomalari bo‘yicha mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritilmagan holatlar

har oyda

15.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi mavjud bo‘lmagan O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni olish bitimlarini tasdiqlaganlik holatlari

har oyda

16.

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vakolatli organga Tizim orqali bitim nus�asini bir kun muddatda taqdim etilmagan holatlar

har oyda

17.

Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqida tasdiqlangan shartnomalar haqidagi ma’lumotlar DYHXX organlarida hisobga qo‘yish uchun Tizim orqali yuborilmagan holatlar

har oyda

18.

Notarial harakatni rasmiylashtirish uchun vaqt sarfi haqidagi tahliliy ma’lumot

har oyda

19.

Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqida ma’lumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshirilmaganlik holatlari

har oyda

20.

Soliq to‘lovi va kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning Tizim orqali olinmagan holatlar

har oyda

21.

Notarial harakatlar uchun belgilangan summadan ortiqcha miqdorda to‘lov undirilgan holatlar

har oyda

22.

Notariuslarning notarial harakat turlari bo‘yicha rasmiylashtirgan harakat soni tahlili

har oyda

23.

Notarial harakatlarni rasmiylashtirish uchun murojaat etuvchilarning elektron navbatiga rioya etilmaganlik holatlari

har oyda

24.

Ko‘chmas mulk va meros ishlari bo‘yicha notarial harakatning skaner nusxasi Tizimga biriktirilmagan holatlar

har oyda

25.

Ko‘chmas mulk huquqini vujudga kelishini nazarda tutuvchi bitimlarni raqamli ko‘rinishda yagona elektron notarial arxiv fondiga biriktirilmagan holatlar

har oyda

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qaroriga
2-ILOVA

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling