9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


Download 213.95 Kb.
bet31/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 6-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ushbu Qonunning amal qilishi ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlariga (bundan buyon matnda joylarning mulkdorlari deb yuritiladi), ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarga, uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga, shuningdek faoliyati ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun bitta yuridik yoki jismoniy shaxs ko‘p kvartirali uyning mulkdori bo‘lganda ko‘p kvartirali uyni boshqarish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilik
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning asosiy prinsiplari
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
boshqarish usulini tanlash erkinligi;
o‘zini o‘zi boshqarish;
kollegiallik;
ochiqlik va oshkoralik;
tashkiliy va moliyaviy jihatdan mustaqillik;
joylarning mulkdorlari oldida muntazam hisobdorlik.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling